Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Turkmaniston chegara bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi
2019 yilning 6-12 noyabr kunlari Turkmanobod shahrida (Turkmaniston) O‘zbekiston Respublikasi va Turkmaniston o‘rtasidagi Davlat chegarasi delimitatsiyasi va demarkatsiyasi masalalari bo‘yicha O‘zbekiston-Turkmaniston hukumatlararo komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, muzokaralar chog‘ida davlatlararo chegara bo‘ylab demarkatsiya chizig‘ini o‘tkazish bo‘yicha va aerofototasvir ishlarini amalga oshirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.
Uchrashuvda ishchi guruhlarning 2020 yil uchun uchrashuvlar reja-jadvali tayyorlandi.
Muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi va Turkmaniston delegatsiyalari rahbarlari To‘lqin Abdullayev va Mamed Mamedov uchrashuv bayonnomasini imzolagan.
Mavzuga oid
12:53 / 17.02.2026
Germaniya chegaradagi tekshiruvlarni yana yarim yilga uzaytirdi
22:48 / 15.02.2026
Qirg‘iziston ortidan Turkmanistonda ham milliy xavfsizlik rahbari almashtirildi
15:14 / 30.01.2026
O‘zbekistonga o‘qishga kelganlar soni oshdi: Hindiston va Turkmaniston yetakchi
18:30 / 19.01.2026