O‘zbekiston xurmo eksportchilari reytingida to‘rtinchi o‘ringa tushib ketdi
EastFruit tahlilchilarining ma'lumotiga ko‘ra, 2018 yilda O‘zbekiston xurmo eksporti bo‘yicha dunyoning yetakchi uchligidagi joyini yo‘qotdi va o‘z o‘rnini Xitoyga bo‘shatib berdi.
Umuman olganda, yil davomida O‘zbekistondan xurmo eksporti 55 ming tonnani tashkil etdi, bu 2017 yilga nisbatan 18 ming tonnaga kam. Xitoy xurmo eksporti hajmini kamaytirganiga qaramay, eksport reytingida O‘zbekistonni ortda qoldira oldi.
O‘zbekistonning deyarli barcha xurmosi Qozog‘iston va Rossiya bozorlariga yetkazib berildi. Turkmaniston va Qirg‘izistonga nisbatan kamroq eksport qilindi. Biroq, savdo manbalariga ko‘ra, Qirg‘iziston va Qozog‘istonga yetkazib berilgan O‘zbekiston xurmosining katta qismi keyinchalik Rossiya bozoriga qayta eksport sifatida jo‘natilgan.
Shu bilan birga, O‘zbekistondan Belarus va Ukrainaga xurmo yetkazib berish hajmi sezilarli darajada o‘sgan. Belarusga eksport 763 tonnagacha, Ukrainaga esa ikki baravarga ko‘paydi - 593 tonnagacha. BAA bozorida ham O‘zbekiston xurmosining sinov partiyasi sotuvga chiqarildi.
Ispaniya va Ozarboyjon dunyoda xurmo eksporti bo‘yicha yetakchi bo‘ldi, bu davlatlar 2018 yilda mos ravishda 168,3 ming tonna va 150,9 ming tonna mahsulot eksport qildi.
Mavzuga oid
19:02 / 28.11.2024
«Shok» usulida muzlatish, ozuqa qo‘shimchasi tayyorlash bo‘yicha 100 million dollarlik loyihalar ishga tushiriladi
18:58 / 28.11.2024
Har bir mahallada kamida 100 ta xonadonga limon, uzum ko‘chati tarqatiladi
09:40 / 22.11.2024
Oktyabrda O‘zbekiston 833 mln dollarlik oltin sotdi
13:13 / 19.11.2024