Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Onlayn auksionda 2,9 mlrd so‘mlik avtoraqamlar sotildi
Foto: KUN.UZ
2019 yilning 4-10 noyabr kunlari “O‘zRTXB”da 1 trln so‘mlik bitimlar tuzildi, bu esa avvalgi haftadagi natijaga nisbatan 12,2 foizga ko‘p.
Kichik biznes va tadbirkorlik sub'yektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 28,6 foizga o‘sib, 438,3 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Birja savdolarining hajmi 764,2 mlrd so‘mdan 876,0 mlrd so‘mga oshdi. Valuta savdo maydonchasi orqali sotilgan tovarlarning qiymati 2,0 mln AQSh dollarni tashkil etdi.
Ko‘rgazma-yarmarka savdolarning haftalik hajmi 35,8 mlrd so‘mni tashkil etdi. Kichik biznes sub'yektlari tomonidan amalga oshirilgan xaridlar 13,2 mlrd so‘mni yoki tuzilgan bitimlarning 36,8 foizini egalladi.
Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 723 ta avtomobil raqamlari sotildi. Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 2,9 mlrd so‘mni tashkil qildi. Savdolar natijasida bitimlarning 15,6 foizi birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 48,5 foizi ikkinchi va 35,8 foizi uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishlidir.

Mavzuga oid
14:27 / 23.12.2025
«Samarador» MChJ Transport vazirligi binosini sotib oldi
07:58 / 18.12.2025
450 mln dollarlik rekord: auksionlardagi eng qimmat 20 ta san’at asari
18:39 / 05.12.2025
Kimoshdi savdosida eng qimmat narxda sotilgan avtomobil ma’lum bo‘ldi
14:56 / 29.10.2025