Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ayrim NNTni davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik uchun boj stavkasi pasaytiriladi
O‘zbekistonda davlat boji stavkalariga o‘zgartirish kiritiladi.
Hukumatning ayrim qarorlarga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qarori loyihasiga ko‘ra, Davlat boji stavkalarining 8-bandi (Adliya organlari tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik uchun) yangi tahrirda bayon etiladi.
Endilikda, adliya organlari tomonidan xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlarini, shuningdek xalqaro va xorijiy nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari va filiallarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 12,5 baravari miqdorida boj undiriladi.
Shuningdek:
respublika va viloyatlararo nodavlat notijorat tashkilotlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida (hozirda - eng kam oylik ish haqining to‘rt baravari);
faoliyatini viloyat, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahar hududida olib boradigan nodavlat notijorat tashkilotlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari;
faoliyatini tuman (shahar), shaharcha, qishloq va ovul hududida olib boradigan nodavlat notijorat tashkilotlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida (hozirda - eng kam oylik ish haqining ikki baravari) miqdorida davlat boji undiriladi.
Mavzuga oid
23:10 / 25.05.2026
Rossiyada migrantlar uchun bojlar 12 barobar oshirilishi kutilmoqda
08:28 / 30.03.2026
O‘zbekistonda 15 turdagi mahsulot uchun xomashyoga import bojlari bekor qilinadi
12:00 / 24.03.2026
YeI va Avstraliya bojlarning 99 foizdan ortig‘ini bekor qiladi
01:15 / 22.02.2026