Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Komilov Bryusselda afg‘on ayollarini qo‘llab-quvvatlash dasturining ochilish marosimida ishtirok etdi
Foto: TIV matbuot xizmati
2019 yilning 11 noyabr kuni Bryussel shahrida bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov «Afg‘on ayollarining iqtisodiy huquqlari va imkoniyatlarini Qozog‘iston va O‘zbekistonda o‘qish va tayyorlash orqali qo‘llab-quvvatlash» dasturining ochilish marosimida ishtirok etdi.
O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosat idorasi rahbari yig‘ilganlarga murojaatida ta'kidlaganidek, Yevropa ittifoqining afg‘on ayollarini qishloq xo‘jaligi, amaliy fanlar va tog‘-kon sanoatiga o‘qitish dasturi ularni mamlakatning ijtimoiy va siyosiy hayotiga jalb qilish uchun ajoyib imkoniyat yaratadi.
Shu munosabat bilan, O‘zbekiston TIV rahbari ushbu sohadagi qator Yevropa ittifoqi loyihalari, jumladan Termiz shahridagi Ta'lim markazida afg‘on talabalarini, shu jumladan ayollarni o‘qitish bo‘yicha «YeI-O‘zbekiston-Afg‘oniston» uch tomonlama shakldagi hamkorlik istiqbollarini qayd etdi. Bu esa Afg‘oniston uchun yuqori malakali mutaxassislar bazasini yaratish jarayoniga sezilarli hissa qo‘shadi.
Umumiy maqsadli harakatlar orqali afg‘on jamiyati oldida turgan barcha vazifalarni hal etishga imkon qadar hissa qo‘shish mumkinligiga ishonch bildirildi.
Mavzuga oid
18:21 / 30.03.2026
O‘zbekiston – Afg‘oniston ishbilarmonlar kengashi tashkil etildi
09:00 / 26.03.2026
Amudaryoda qayiqda suzib o‘tgan narkokurer 10 kg gashish bilan ushlandi
13:25 / 25.03.2026
O‘zbekiston–Afg‘oniston chegarasidagi qamishzorlar rejali ravishda yoqilmoqda
11:28 / 24.03.2026