Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda pichoqbozlik bilan boshlangan janjal o‘lim bilan yakunlandi
Ikki do‘stning o‘zaro janjali vaqtida pichoq bilan yetkazilgan jarohat oqibatida ulardan biri vafot etdi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, 2019 yilning 13 noyabr kuni taxminan soat 02:00da fuqaro 24 yoshli A.I. do‘sti 19 yoshli X.G. bilan Andijon viloyati Asaka tumani Xonaqa mahallasi Qashqar ko‘chasida o‘zaro janjallashib, yonidagi pichoq bilan X.G.ning badaniga bir marotaba urib, unga tan jarohati yetkazgan.
Fuqaro X.G. olgan tan jarohati oqibatida tibbiy yordam ko‘rsatilishiga qaramasdan shifoxonada vafot etgan.
Tergov tezkor guruhi tomonidan hodisa joyini ko‘zdan kechirish jarayonida qon dog‘lari va X.G.ning kiyimlari hamda bir dona pichoq hujjatlashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan 2019 yilning 13 noyabr kuni Asaka tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «d» bandi (odam o‘lishiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, A.I. protsessual tartibda ushlangan hamda holat yuzasidan gumon qilinuvchi tariqasida so‘roq qilingan.
Hozirda ushbu jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
11:00
Andijonda yog‘och omborida yong‘in sodir bo‘ldi
08:51 / 20.06.2026
Andijonda 2,5 kilogrammga yaqin gashish musodara qilindi
14:04 / 11.06.2026
Toshkent–Andijon va Toshkent–Termiz yo‘nalishlarida yuqori tezlikdagi poyezdlar qatnovi reja qilinmoqda
13:28 / 11.06.2026