Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Himoya orderi bo‘yicha cheklovlarga rioya etmaganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda
O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimchalar kiritiladi. Tegishli qonun loyihasi muhokama uchun e'lon qilindi.
O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks quyidagi mazmundagi 206-1-modda bilan to‘ldiriladi:
“206-1-modda. Himoya orderida nazarda tutilgan cheklovlarga rioya etmaslik
Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik sodir etgan yoki ularni sodir etishga moyil bo‘lgan shaxsning ichki ishlar organlari tomonidan berilgan himoya orderida nazarda tutilgan cheklovlarga rioya etmasligi - fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma'muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi”;
245-moddaning (Ma'muriy sudlar) birinchi qismi “206” raqamidan keyin “206-1” raqami bilan to‘ldiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtiradi;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta'minlaydi;
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta'minlaydi.
Mavzuga oid
21:53 / 18.05.2026
Sotuvchi xaridorning qonuniy talabini bajarmasa, elektron platforma zimmasiga ham mas’uliyat yuklanadi
21:46 / 18.05.2026
Avtomobil odometrini o‘zgartirib, bu haqda xaridorni ogohlantirmaganlik uchun javobgarlik belgilanadi
21:12 / 14.05.2026
Issiqxonani isitishda mazut, bitum va shina yoqqanlik uchun jarimalar belgilandi
12:21 / 09.05.2026