Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«KamAZ» O‘zbekistonda yuk mashinalari ishlab chiqarishning ikkinchi bosqichini boshlaydi
Foto: KUN.UZ
Joriy yilning 25-26 noyabr kuni O‘zbekistonda «KamAZ» avtomobillarini ishlab chiqarishning ikkinchi bosqichini ishga tushirish rejalashtirilmoqda. Shu kunlarda Tatariston delegatsiyasi mamlakatga tashrif buyuradi, deb xabar qilmoqda «TACC» O‘zbekistonning Qozondagi bosh konsuli Fariddin Nasriyevga asoslanib.
Shuningdek, qayd etilishicha, uchrashuv davomida tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalarini muhokama qilishmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistondagi «O‘zavtotreyler» maydonchalarida «KamAZ» ishlab chiqarishni shu yilning bahorida boshlagandi. Zavod Samarqand viloyati Jomboy tumanida joylashgan. Bugungi kunda unda yuk ko‘tarish quvvati 10 tonnadan 36 tonnagacha bo‘lgan 11 turdagi texnika ishlab chiqariladi.
«O‘zavtotreyler» zavodining loyihaviy quvvati 3 ming donaga mo‘ljallangan. Gap yuk shassilari uchun mingta qism va 2 mingta yarim tirkamalar haqida ketmoqda. Bundan tashqari, zavod iqtisodiyotning turli sohalari ta'minoti uchun keng turdagi transport vositalarini ishlab chiqaradi. Hozir kompaniyada 400dan ortiq kishi ishlaydi.
Mavzuga oid
10:54 / 18.12.2025
Jizzaxda ikkita yuk mashinasi to‘qnashuvida bir kishi halok bo‘ldi
09:34 / 04.12.2025
Toshkentda yo‘llarni ifloslagan yuk mashinalari bo‘yicha reydlar kuchaytirildi
12:56 / 01.12.2025
Bektemir–Chorbog‘ yo‘lidagi janjal: yuk mashinasi haydovchisiga otvyortka bilan tahdid qilindi
20:19 / 06.10.2025