Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ösimliklar karantini davlat inspeksiyasi Qirğiziston Özbekistondan mahsulotlar olib kirişni vaqtinça taqiqlab qöygani töğrisidagi xabar yuzasidan munosabat bildirdi.

«Internetda joriy yilning 14 noyabr kuni tarqalgan xabarlarga köra, Özbekistondan Qirğizistonga meva-sabzavot mahsulotlari olib kirilişiga Qirğiziston Respublikasi Qişloq xöjaligi, oziq-ovqat sanoati va melioratsiya vazirligi tomonidan taqiq qöyilişi bildirilgan.

Xabarlarga qaraganda, bunga sabab sifatida Özbekistondan Qirğizistonga olib kirilayotgan anor mahsulotida Şarq mevaxöri – «Grapholita Molesta» haşaroti aniqlangani ta'kidlangan. Ayrim axborot manbalarida mazkur haşarot «virus» sifatida nomlanib, notöğri ma'lumotlar keltirilgan.

Şu bilan birga, «Döstlik» çegara nazorat punktida joriy yilning 12 noyabr kuni Özbekistondan 35 tonna nok, behi, nöxat va ziravor mahsulotlar fitosanitar sertifikatsiz va maxsus etiketkalarsiz yuklangani bois töxtatib qolingani ma'lum qilingan.

Uşbu xabarlar yuzasidan Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ösimliklar karantini davlat inspeksiyasi tomonidan quyidagilar ma'lum qilinadi.

Avvalambor, «Döstlik» çegara nazorati punktidan özbek qişloq xöjaligi mahsulotlari eksport qilinişi davom ettirilayotgani va yukning orqaga qaytarilişi holatlari qayd etilmaganini alohida ta'kidlaymiz.

Hozirgi kunda, Özbekiston va Qirğiziston karantin xizmatlari örtasidagi özaro hamkorlik munosabatlari 2019 yil 1 avgustda imzolangan «Özbekiston Respublikasi Hukumati va Qirğiziston Respublikasi hukumati örtasida ösimliklar karantini sohasida hamkorlik Bitimi» asosida amalga oşiriladi.

Xalqaro amaliyotga köra, mahsulotda zararli karantin organizmlar aniqlanganda, Xalqaro sanitariya va fitosanitariya çoralari talablaridan kelib çiqib, import qiluvçi davlatning karantin xizmati fitosanitariya talablari buzilgani yuzasidan mahsulotni eksport qilgan davlatga notifikatsiya (bildirişnoma) yuborişi lozim.

Biroq, şu kunga qadar heç bir holat yuzasidan Qirğiziston karantin xizmati tomonidan asoslantirilgan rasmiy notifikatsiyalar (bildirişnomalar) kelib tuşmagan.

Ta'kidlaş joizki, joriy yilning 15 noyabr kuni «Özdavkarantin» inspeksiyasiga Qirğiziston Respublikasi Qişloq xöjaligi, oziq-ovqat sanoati va melioratsiya vazirligidan Özbekistondan eksport qilinayotgan qişloq xöjaligi mahsulotlari 356 ta holatda fitosanitar sertifikatlarsiz olib kirişga uriniş sodir etilgani, bunday xatti-harakatlarning 10 foizida mahsulotlarda zararli organizmlar aniqlangani haqida xat kelib tuşgan. Xatda, şuningdek, bu kabi holatlarga qarşi birgalikda kuraşilişiga va ikki davlat karantin xizmatlari örtasidagi hamkorlik yanada kuçaytirilişiga umid bildirilgan.