Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘ztransgaz» haydovchilarga murojaat bilan chiqdi
Foto: KUN.UZ
"O‘ztransgaz" avtotransport egalariga murojaat bilan chiqdi. Bu haqda aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati xabarida aytilgan.
Qayd etilishicha, yaqin kunlarda respublikaning barcha hududlarida ob-havoning keskin sovishi kutilmoqda.
Aholini, ijtimoiy ahamiyatga ega obektlarni, shuningdek respublikaning issiqlik, elektr-energiya ishlab chiqaruvchi korxonalarining kunning kechki vaqtlarida (soat 17-00 dan 22-00 gacha) tabiiy gazga bo‘lgan ehtiyoji keskin oshib ketadi va bu gaz ta'minoti tizimida ayrim muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.
“Hurmatli avtotransport egalari, kunning kechki vaqtlarida (soat 17-00 dan 22-00 gacha) aholiga, ijtimoiy ahamiyatga ega obektlarga, shuningdek respublikaning issiqlik, elektr-energiya ishlab chiqaruvchi korxonalariga tabiiy gaz maksimum yetkazib berilishini inobatga olib, Sizlardan avtomashinalaringizga siqilgan gaz quyishda ushbu vaqtlarni inobatga olishingizni va vujudga kelgan holatga tushungan holda munosabatda bo‘lishingizni so‘raymiz”, - deyiladi xabarda.
Ta'kidlanishicha, “O‘ztransgaz” iste'molchilarni tabiiy gaz bilan ta'minlashdagi uzilishlarning oldini olish uchun barcha choralarni ko‘radi va avvaldan kelib chiqishi mumkin bo‘lgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘ragan.
Mavzuga oid
12:57 / 07.09.2025
“Sibir kuchi–2” bitimiga Tramp turtki berdimi?
14:25 / 05.09.2025
Andijonda yonilg‘i tashuvchi avtomobildan gazni to‘kish vaqtida yong‘in kelib chiqdi
12:29 / 04.09.2025
Elektr va gaz uchun kompensatsiya olgan oilalar soni ko‘paydi
08:34 / 04.09.2025