Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Erdo‘g‘anga S-400 majmualari xaridi bo‘yicha e'tiroz bildirmadi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an AQSh prezidenti Donald Tramp bilan yaqinda o‘tgan uchrashuviga izoh berish vaqtida Trampga Turkiya Rossiyaning S-400 zenit-raketa majmualaridan voz kecha olmasligining sababini tushuntirganini aytdi.
“Men Trampga Turkiya Rossiyaning zenit-raketa majmualarini xarid qilish qaroriga qanday kelganini tushuntirib berdim. Tramp Anqaraning bu boradagi pozitsiyasini asosli deb topdi. Biz Oq uy rahbariga Anqara bu masalada orqaga bir qadam ham tashamasligini ma'lum qildik. Shu bilan birga, biz Patriot tizimlarini sotib olishga qiziqishimizni yana bir bor ta'kidlab o‘tdik”, deb aytgan Erdo‘g‘an o‘zi boshchilik qiluvchi Adolat va taraqqiyot partiyasining parlamentdagi fraksiyasi oldidagi nutqida.
Turkiya yetakchisining aytishicha, u Trampga F-35 qiruvchi samolyotlarini sotib olish masalasida Turkiyaga bosim o‘tkazilishi asossiz ekanini aytgan. Erdo‘g‘an Trampga Anqara nafaqat ushbu samolyot xaridori, balki uni ishlab chiqish dasturining ishtirokchisi ekanini eslatib qo‘ygan.
Shu bilan birga, Erdo‘g‘an AQSh Turkiyaning bu dasturda ishtirok etishiga yondashuvini o‘zgartirmasa, unda Anqara boshqa yo‘lni qidirishiga to‘g‘ri kelishini ta'kidlab o‘tgan.
Mavzuga oid
21:25 / 31.05.2026
Mirziyoyev Turkiyadagi avtobus halokati munosabati bilan Erdo‘g‘anga ta’ziya yo‘lladi
11:16 / 25.05.2026
Talabalar bosimi ortidan Erdo‘g‘an qarorini o‘zgartirdi
18:10 / 15.05.2026
Mirziyoyev Erdo‘g‘an bilan uchrashdi
12:03 / 23.04.2026