Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirziyoyev Turkiyadagi avtobus halokati munosabati bilan Erdo‘g‘anga ta’ziya yo‘lladi
Xabarlarga ko‘ra, bugun, 31 may kuni Izmirdan Antaliyaga ketayotgan avtobus Denizli viloyatining Saraykoy shahrida halokatga uchragan. Baxtsiz hodisa oqibatida sakkiz kishi halok bo‘lgan, 30 nafardan ortiq kishi jarohatlangan.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiyaning Denizli viloyatida yo‘lovchi avtobusi halokatga uchragani oqibatida insonlar qurbon bo‘lgani va jarohat olgani munosabati bilan prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘anga ta’ziya yo‘lladi.
Davlat rahbari halok bo‘lganlarning oila a’zolariga chuqur hamdardlik izhor etib, jarohatlanganlar tez fursatlarda shifo topishini tiladi.
Xabarlarga ko‘ra, bugun, 31 may kuni Izmirdan Antaliyaga ketayotgan avtobus Denizli viloyatining Saraykoy shahrida halokatga uchragan.
Baxtsiz hodisa oqibatida sakkiz kishi halok bo‘lgan, 30 nafardan ortiq kishi jarohatlangan. Avtobusda 38 yo‘lovchi va uch nafar xodim bo‘lgani aytilmoqda.
Mavzuga oid
18:26 / 18.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Yangi taraqqiyot banki bilan hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildi
18:23 / 18.06.2026
Shavkat Mirziyoyev O‘mon bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi
17:52 / 18.06.2026
Shavkat Mirziyoyev YeTTB bilan keng ko‘lamli sheriklikning ustuvor yo‘nalishlarini belgiladi
12:49 / 18.06.2026