Universitet faoliyatini töxtatiş haqidagi farmon 21 may kuni imzolangan bölsa, 24 may kuni mazkur qarorni bekor qiliş töğrisidagi yangi farmon mamlakatning rasmiy hukumat naşri — Resmi Gazetteʼda e’lon qilindi.
Rasmiy izohda universitetni yopiş qarori oliy ta’lim töğrisidagi qonunning universitetlararo kengaş faoliyatini tartibga soluvçi 11-moddasi bilan asoslangani aytilgan. Ayrim ommaviy axborot vositalari esa uşbu qonun xususiy oliygoh ta’lim sifati yetarli emas deb topilgan hollarda uni yopiş imkonini ham berişini ta’kidlamoqda.
Avvalroq talabalarni davlatga qaraşli Mimar Sinan nomidagi San’at universitetiga ötkaziş rejalaştirilgan edi. Şuningdek, universitetning ta’sisçi jamğarmasi taşqi boşqaruvga ötkazilgani ma’lum qilingan.
Qaror e’lon qilingaç, universitet talabalari va ayrim öqituvçilar bir neça kun davomida norozilik aksiyalari ötkazdi. Xususan, 24 may kuni kampus hududida bölib ötgan mitinglarda mingga yaqin kişi qatnaşgan. Önlab talabalar universitet binosini egallab olgan, keyinçalik ular politsiya tomonidan çiqarib yuborilgan.
BBC Turkish xizmati ma’lumotiga köra, universitetni yopiş qarori 2025 yil sentabridan buyon Can Holding xoldingiga nisbatan olib borilayotgan firibgarlik va soliqdan böyin tovlaş böyiça tergov bilan boğliq bölgan. 120 dan ortiq kompaniyani birlaştirgan mazkur xolding 2019 yildan beri universitetni moliyalaştirib kelgan. Hozirda xolding tarkibidagi kompaniyalar davlat nazoratiga ötgan.
1996 yilda taşkil etilgan Bilgi universitetida hozirda 20 mingdan ortiq talaba tahsil oladi. Universitetda sakkizta fakultet va 150 dan ziyod ta’lim dasturlari mavjud. Oliygoh Erasmus talabalar almaşinuv dasturida ham iştirok etadi.
Bu Turkiyada universitetlarni yopiş bilan boğliq ilk mojaro emas. 2020 yilda ham Erdöğan qarori bilan Istanbul şahar universiteti yopilgan edi. Öşa paytda universitet moliyaviy qiyinçiliklar sabab faoliyatini davom ettira olmasligi aytilgan.












