Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Avval professional mutaxassislarni yetishtirish kerak» – Alisher Sa'dullayev maktabda diniy ta'lim bo‘lishi haqida
Bugun, 20 noyabr kuni Davlat boshqaruvi akademiyasida o‘tkazilgan «Yoshlarda ijtimoiy faollikni shakllantirishning zamonaviy muammolari: liderlik, ijodkorlik, innovatsiyalar» mavzusidagi konferensiyada prezident maslahatchisining birinchi o‘rinbosari, Yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisi Alisher Sa'dullayev maktablarda diniy ta'lim yo‘lga qo‘yilishi bo‘yicha takliflar haqida gapirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur sohani rivojlantirish uchun birinchi o‘rinda professional mutaxassislarni yetishtirish kerak va bu judayam muhim jarayon hisoblanadi.
«Ko‘pchilik menga maktablarda diniy ta'lim berish kerak, diniy ta'lim yo‘lga qo‘yilsa, jinoyatchilik kamayadi, yoshlarning hayotga nisbatan fikrlashi o‘zgaradi deb ko‘p aytishadi.
Bu savolni beraverish mumkin. Lekin boshqa bitta savol ochiq qolaveradi. Bu fanni haqiqatan professional ravishda biz xohlagan maqsadlarda ishlatiladigan darajada o‘rgata oladigan kadrlarimiz bormi, degan savol bor. Kadrlar mavzuni chuqur biladimi, hamma dalili, tajvidi, qoidalarini tushunadimi, degan masalada oqsaymiz. Shu bois, mazkur sohani rivojlantirish uchun birinchi o‘rinda professional mutaxassislarni yetishtirishimiz kerak va bu judayam muhim jarayon», deya Alisher Sa'dullayevning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
16:12 / 09.01.2026
Imom-xatiblar orasida oliy ma’lumotlilar ulushi 80 foizga yetkaziladi
20:36 / 21.08.2025
Oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalari mandat natijalari e’lon qilindi
18:53 / 14.08.2025
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita xorijda diniy ta’lim olishga da’vat etuvchi reklamalarga munosabat bildirdi
19:31 / 21.02.2025