Strategiya loyihasiga köra, ta’lim va ma’naviy-ma’rifiy yönalişlarda quyidagi natijalarga erişiş rejalaştirilgan:

ta’lim xorijiy tillarda olib boriladigan davlat ta’lim muassasalari kutubxonalarida özbek adabiyoti tarjima asarlari qamrovini 60 mingtaga yetkaziş (445-bandi);
diniy-ma’rifiy sohada faoliyat yuritayotgan imom-xatiblar orasida oliy ma’lumotli kadrlar uluşini 80 foizga yetkaziş (446-bandi);
oliy diniy ta’lim muassasalarida PhD va DSc ilmiy darajasiga ega kadrlar uluşini 35 foizga yetkaziş (447-bandi).

Ilmiy yönalişda esa Oliy attestatsiya komissiyasi röyxatidan ötgan, yuqori impakt-faktorga ega xalqaro va mahalliy jurnal hamda naşrlarda millatlararo munosabatlar sohasida ilmiy-ommabop maqolalar sonini 300 taga yetkaziş belgilangan (448-bandi).

Xorijdagi vatandoşlar bilan aloqalarni mustahkamlaş doirasida:

vatandoşlar farzandlariga özbek tilini örgatişga ixtisoslaşgan öquv markazlari sonini 62 taga yetkaziş (449-bandi);
xorijdagi vatandoşlar uçun möljallangan Özbekistondagi “Çinor” va “Anor” dasturlari iştirokçilari sonini 1 800 taga yetkaziş (450-bandi) nazarda tutilgan.

Şuningdek, taşqi hamkorlik va xalq diplomatiyasi yönalişida birodarlaşgan şaharlar sonini 120 taga yetkaziş maqsad qilib qöyilgan (451-bandi).