Jamiyat | 08:53 / 20.11.2019
10432
1 daqiqa o‘qiladi

Tojikistonlik fuqaro akasining pasporti bilan O‘zbekistonga kirishga urindi 

Foto: DXX Chegara qo‘shinlari

Tojikistonlik fuqaro akasining pasporti bilan O‘zbekistonga kirishga urindi. Bu haqda DXX Chegara qo‘shinlari xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan “Sariosiyo avtoyo‘l” o‘tkazish punktida o‘tkazilgan tekshiruvlar davomida mamlakatga noqonuniy yo‘llar bilan kirmoqchi bo‘lgan qonunbuzar faoliyatiga chek qo‘yildi. 

Tojikistondan mamlakatga kirib kelayotgan 1983 yilda tug‘ilgan Tojikiston Respublikasi fuqarosi Z.B.ning pasporti tekshirilganda pasportning aslida uning akasi 1976 yilda tug‘ilgan Z.Z.ga tegishli ekanligi aniqlandi. 

Mavzuga oid