21 noyabr kuni Toşkent şahridagi Inha universitetida «Bir million özbek dasturçisi» nomli yirik loyihaga start berildi.
Kun.uz muxbirining xabar berişiça, şu munosabat bilan taşkil etilgan tadbirda Birlaşgan Arab Amirliklari delegatsiyasi, Özbekiston hukumati vakillari, vazirlik va idoralar rahbarlari iştirok etdi.
Loyiha oçilişida Boş vazir Abdulla Aripov sözga çiqdi.
«Bugungi kunda Özbekiston va Birlaşgan Arab Amirliklari örtasida kadrlar tayyorlaş, aholiga xizmat körsatiş, axborot texnologiyalari, transport, energetika va boşqa sohalarda bir qator muhim sarmoyaviy va gumanitar loyihalar amalga oşirilmoqda. «Bir million özbek dasturçilari» loyihasining boşlanişi ham axborot texnologiyalar va dasturlaş sohasidagi qöşma taşabbuslarimizning muhim mantiqiy davomidir.
Bugungi kunda zamonaviy Özbekistonning eng muhim boyligi bu – inson resurslaridir. Aholimizning 60 foizidan ortiğini 29 yoşdan oşmaydigan yoşlar taşkil etadi. Şu sababli yoşlarga oid davlat siyosatida öğil va qizlarimizning jamiyatdagi mavqeyini mustahkamlaş, istiqbolli kasblarni egallaşi biz uçun öta muhimdir. Bu – Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan yoşlarni tarbiyalaş va ta'lim olişi uçun şart-şaroitlar yaratişga qaratilgan beşta taşabbusni amalga oşiriş böyiça davlat dasturida aks etgan», – deya ta'kidladi Aripov.
Tadbir doirasida Toşkent şahridagi Inha universiteti dasturçilarining körgazmasi ham taşkil etildi.

«Bir million özbek dasturçisi» (One Million Uzbek Coders) loyihasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantiriş vazirligi, «Dubay Future Foundation» jamğarmasi, Toşkent şahridagi Inha universiteti, AT-akademiyasi va Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi AT-maktabi hamkorligida amalga oşirilmoqda.
Loyiha ixtisoslaştirilgan onlayn portal orqali aholiga bepul masofaviy ta'lim oliş imkoniyatini beradi. Barça xohlovçilar loyiha işga tuşirilişi bilanoq iştirok etiş uçun ariza topşirişi mumkin. Dasturning asosiy maqsadi – raqamli texnologiyalar böyiça mutaxassislar avlodini tayyorlaş va dasturlaş böyiça ularga kerakli bilim va könikmalarni berişdir.
Birinçi bosqiçda loyiha global mehnat bozorida talab yuqori bölgan 4ta mutaxassislikni öz içiga oladi: ma'lumotlarni tahlil qiliş, Android işlanmalar, FrontEnd işlanma hamda FullStack işlanma. Umumiy kurs 120 soatlik ta'lim uçun möljallangan. Har bir bosqiç yakunida iştirokçilar laboratoriya işlarini tayyorlaşadi va şundan söng ularga maxsus sertifikatlar topşiriladi.












