Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston o‘zbekistonlik migrantlarga aloqador hujjatni ratifikatsiya qiladi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti Majlisi spikeri Nurlan Nigmatulin bilan uchrashdi.
Senat axborot xizmatiga ko‘ra, uchrashuv Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Parlamentlararo assambleyasining Sankt-Peterburg shahrida o‘tkazilgan 50-yalpi majlisi doirasida bo‘lib o‘tdi.
Suhbat davomida O‘zbekiston-Qozog‘iston parlamentlararo hamkorligining bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama etildi.
Tanzila Norboyeva Qozog‘iston parlamenti bilan hamkorlik jadal rivojlanib borayotganini ta'kidladi. Qozog‘iston tarixan qo‘shni mamlakat ekanligi inobatga olinib, migratsiya to‘g‘risidagi dolzarb masala muhokama etildi.
Qozog‘iston parlamenti spikeri hozirgi vaqtda o‘zbekistonlik migrantlar manfaatlari yo‘lidagi hujjatni ratifikatsiya qilish bo‘yicha faol ish olib borilayotganini ta'kidladi.
Tomonlar ikki mamlakat rahbarlari kelishuvlarini amalga oshirishda parlament ishtiroki va ko‘magini kuchaytirish zarurligini ta'kidlashdi.
Nurlan Nigmatulin Oliy Majlis Senatining joriy yil 4-5 noyabr kunlari amalga oshirgan tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarga tomonlar rioya qilishini va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashini ta'kidladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda Qozog‘iston yili o‘tkazilmoqda. Uning doirasida savdo, turizm va madaniyatni rivojlantirishga qaratilgan tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Mavzuga oid
17:06 / 10.07.2026
Tanzila Norboyeva: Xalqaro reyting va indekslarda munosib o‘rin egallash - bu shunchaki raqam yoki statistika emas
19:55 / 02.07.2026
Tanzila Norboyeva raisligida Surxondaryoni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari ijrosi muhokama qilindi
20:11 / 25.06.2026
Tanzila Norboyeva mauntinbayk bo‘yicha Osiyo chempionati ishtirokchilarini qutladi
14:08 / 04.06.2026