Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toifalangan obektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondoni tayinlandi
Mudofaa vazirligi tizimida yangi lavozim tayinlovi amalga oshirildi. Bu haqda vazirlik axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Mudofaa vazirligi Toifalangan obektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi qo‘mondoni lavozimiga polkovnik Jur'at Omongeldiyevich Yoqubov tayinlandi.
Polkovnik Jur'at Yoqubov shu paytga qadar Mudofaa vazirligi harbiy qismlaridan birining qo‘mondoni bo‘lib ishlagan.
Bundan oldin, O‘zbekiston mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, general-mayor Azizbek Ikromov boshqa lavozimga tayinlanganligi munosabati bilan egallab turgan lavozimidan ozod etilgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
10:35 / 08.07.2026
Germaniya mudofaa uchun rekord mablag‘ ajratadi
08:45 / 07.07.2026
Dunyoning eng ilg‘or 7 ta havo hujumidan mudofaa tizimi
20:30 / 28.06.2026
Qozog‘iston qurolli kuchlari yuqori darajadagi jangovar shaylik holatiga keltiriladi
08:22 / 05.06.2026