Jamiyat | 23:51 / 25.11.2019
7847
4 daqiqa o‘qiladi

«Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJda ishlab chiqarish imkoniyatlari kengaymoqda

“Hududiy elektr tarmoqlari” Aksiyadorlik jamiyatining tashabbusi bilan energotizimning Farg‘ona viloyatidagi ishlab chiqarish imkoniyatlarini yanada kengaytirish maqsadida, “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJda sip armatura ishlab chikarish sexi tashkil kilinib, yangi ish o‘rinlarini yaratish rejalashtirilmoqda. 

Ishlab chiqarish istiqbollarida R-645, RA-1500, ES-1500, R-70, DN-1 markadagi siparmaturalar ishlab chiqarilishi belgilangan bo‘lib, buning natijasida davlat dasturlari ehtiyojlarini to‘liq qoplash ko‘zda tutilgan, shuningdek dasturlar ehtiyojlaridan tashqari ishlab chiqariladigan yuqoridagi mahsulotlar davlat shartnomaviy xizmatlari orqali iste'molchilarga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ham yetkazib berilishi ko‘zda tutilgan.

Birlamchi hisob-kitoblarga qaraganda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 23 noyabrdagi “2017-2021 yillarda past kuchlanishli elektr tarmoqlarini modernizatsiya va yangi qurilish dasturi to‘g‘risida”gi PK-2661-son qarori hamda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” davlat dasturlari ijrosi doirasida sip armaturalarning turlari bo‘yicha ehtiyoj 150 000 dan ziyodni tashkil etayotgan bir paytda, sip-armaturalar ishlab chiqarishni maxalliylashtirish tufayli korxonaning moliyaviy faoliyatiga yillik 1,5 mlrd. so‘mdan ortiq sof foyda olish hamda olingan foydani kelgusi yil ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga hamda mahsulot hajmini ko‘paytirish orqali qo‘shimcha yangi ish o‘rinlarini yaratish kutilmoqda. 

Avval xabar berilganidek, hozirda “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari” AJ qoshida temir-beton tayanchlarini ishlab chiqarish sexi tashkil qilingan bo‘lib, unda SV-95 -2.0 SV -110-3.5 markasidagi kunlik 30 dona ish hajmiga ega temir-beton tayanchlar ishlab chiqarilmokda. 

Korxonaning yillik ehtiyoji 16 000 dan oshik temir-beton tayanchlarni tashkil qilinishini hisobga olganda, sexning yillik ishlab chiqarish hajmi korxonaga 5 mlrd. so‘mdan ziyod iqtisodiy daromad olib keladi.

 Hozirgi kunda sexda ishlab chiqarilayotgan tayanchlar davlat dasturlari ijrosini ta'minlashdan tashqari, davlat shartnomaviy xizmatlari orqali iste'molchilarga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ham yetkazib berilishi yo‘lga qo‘yilgan.

Bundan tashqari, jamiyat qoshida faoliyat ko‘rsatayotgan elektr uskunalarini ta'mirlash sexida barcha turdagi elektr tarmoqlariga xizmat ko‘rsatadigan uskunalar ta'mirlanmoqda. Hozirgi kunda sexda OG-1, OG-2, M-1, M-3 va SIP-XOMUD markasidagi temir qurilmalar tayyorlanib, ushbu qurilmalarni tayyorlashda zamonaviy tokarlik dastgohlaridan foydalanilmoqda. 

Temir qurilmalarga bo‘lgan yillik ehtiyojga qarab 25 000 donadan ziyodligi hisobga olinganda, korxonaga iqtisod qilinadigan mablag‘ 2 mlrd. so‘mni tashkil qilmoqda. 

Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki, korxonaning asosiy ehtiyojlari sifatida ishlatiladigan mahsulotlar korxonaning o‘zida ishlab chiqarilib, daromad turlari kengaymoqda. 

“Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ
Matbuot xizmati

Mavzuga oid