Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OTM reytingini baholash mezonlari va pedagoglarga malaka toifalari berish tizimi qayta ko‘rib chiqiladi
O‘zbekistonda oliy ta'lim muassasalari reytingini baholash mezonlarini qayta ko‘rib chiqiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport sohasini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini 2020 yilda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” loyihasida aytiladi.
Qayd etilishicha, tegishli normativ-huquqiy hujjat qabul qilinadi. Bunda, oliy ta'lim muassasalari reytingini baholashda talabalarni sport bilan qamrab olish, jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha moddiy texnik bazasi hamda sport faoliyati natijadorligi ko‘rsatkichlarini nazarda tutish mo‘ljallangan.
Ijro muddati - 2020 yil yanvar. Mas'ul ijrochilar - Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi.
Shuningdek, pedagog kadrlarga malaka toifalari berish tizimini qayta ko‘rib chiqish rejalashtirilmoqda.
Bu borada ham normativ-huquqiy hujjat qabul qilinadi. Unda jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga amaliy mashg‘ulotlar natijalari asosida malaka toifalarini berish tizimini joriy etish ko‘zda tutiladi.
Ijro muddati - 2020 yil yanvar. Mas'ul ijrochilar - Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi.
Mavzuga oid
19:13 / 07.04.2026
Futbol bo‘yicha Superliga o‘yinlari soat 19:00 dan keyin belgilanishi mumkin
19:12 / 07.04.2026
Oliy sport mahorati maktablari o‘rniga «Olimpiya terma jamoalari markazi» tashkil qilinadi
18:34 / 07.04.2026
Ishchilarining sport bilan shug‘ullanishi uchun sharoit yaratgan tadbirkorlarga soliq imtiyozlari beriladi
18:32 / 07.04.2026