Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropadagi eng yirik o‘g‘rilik: Drezdendagi muzeydan 1 mlrd yevrolik zeb-ziynatlar olib chiqib ketildi
Germaniyaning Drezden shahrida joylashgan “Yashil gumbaz” muzeyidan 1 mlrd yevrolik zeb-ziynatlar o‘g‘irlab ketildi. Ushbu muzeyda Yevropadagi eng katta xazinalar kolleksiyasi saqlanadi.
Jinoyatchilar muzeyga kirish uchun yaqin oradagi ko‘prik ostida joylashgan transformatorga o‘t qo‘yib, shahar markazidagi bir nechta muzeyni elektr tokisiz qoldirishgan. So‘ngra bir necha kishi elektr toki yo‘qligi sababli signalizatsiya ishlamayotganidan foydalanib soat 5lar atrofida muzeyning burchagidagi oynadan uning ichiga kirgan. O‘g‘rilar muzeydan bir nechta brilliant va boshqa qimmatbaho zeb-ziynatlarni olib chiqib ketishgan.
Bild nashrining yozishicha, jinoyatchilar vaza, suratlar va boshqa yirik predmetlarga tegmay, faqatgina taqinchoqlarni o‘g‘irlashgan.
🇩🇪 #Dresden Green Vault robbery: Thieves break into treasure museum https://t.co/DCLeWdz2aQ pic.twitter.com/QpQqLbchjS
— Museum Workers (@IMWD2030_) November 25, 2019
Politsiyada ma'lum qilinishicha, ikki jinoyatchi videokuzatuv kameralariga muhrlanib qolgan.
Muzeyda oltin, kumush, qimmatbaho toshlar, fil dandon tishi va boshqa qimmatbaho materiallardan ishlangan 3 mingga yaqin zeb-ziynat va buyumlar saqlanadi.
Mavzuga oid
15:32 / 09.04.2026
Prezident yangilangan Temuriylar tarixi davlat muzeyini borib ko‘rdi
08:56 / 30.03.2026
Italiyadagi muzeyda yirik o‘g‘irlik: uch shoh asar yo‘qoldi
15:26 / 04.03.2026
Toshkentdagi yangi muzey majmuasi BBC’ning eng muhim loyihalar ro‘yxatiga kiritildi
07:30 / 03.11.2025