Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada Koreyaga ishga yuborish uchun 4000 dollar talab qilgan shaxs qo‘lga tushdi
Farg‘onada Koreyaga ishga yuborish uchun 4000 AQSh dollari talab qilgan firibgar qo‘lga tushdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinov xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona viloyati boshqarmasi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda, fuqaro A.Ch., tanishlari orqali Koreya davlatiga ishga yuborishi evaziga fuqaro Sh.U.dan 4 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro A.Ch.ga nisbatan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani aytilmoqda.
Ma'lumotda ta'kidlanishicha, hozirgi vaqtda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
18:20 / 23.06.2026
Qirg‘iziston va O‘zbekiston qishloqlarini almashdi
08:45 / 23.06.2026
Farg‘ona va Xorazmda narkotik moddalar qo‘lga olindi
08:24 / 04.06.2026
Farg‘onada membranali suv havzasida bir kishi cho‘kib ketdi
16:15 / 23.05.2026