Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada tadbirkordan 60 000 dollar talab qilgan ayol ushlandi
Farg‘onada tadbirkordan 60 000 AQSh dollari talab qilgan ayol ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, mahkama huzuridagi Departamentning Farg‘ona viloyat boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik sub'yektlarining huquqiy himoyasini ta'minlash yuzasidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda M.Yu. ismli ayol, tadbirkor D. bilan bog‘liq videoyozuvlarni tarqatib raqobatchi tadbirkorlar o‘rtasida obro‘sizlantirish bilan qo‘rqitib, undan tovlamachilik yo‘li bilan 60 000 AQSh dollari talab qilib, shundan, 20 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan M.Yu.ga nisbatan nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani aytilmoqda.
Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, hozirgi vaqtda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
08:24 / 04.06.2026
Farg‘onada membranali suv havzasida bir kishi cho‘kib ketdi
16:15 / 23.05.2026
“Maqsad sari” shina tortgan bola: uning otasiga chora ko‘rilishi mumkin
08:24 / 20.05.2026
Farg‘ona va Namanganda yirik miqdordagi narkotik moddalar musodara qilindi
11:41 / 19.05.2026