Onlayn auksion: 4,5 mlrd so‘mlik avtoraqamlar sotildi
2019 yilning 18-24 noyabrlarida “O‘zRTXB” AJ barcha savdo platformalarida 910,0 mlrd so‘mlik bitimlar tuzildi. Kichik biznes va tadbirkorlik sub'yektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 1,3 foizga o‘sib, 410,5 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Birja savdolarining hajmi avvalgi haftaga nisbatan 7 foizga kamayib, 756,1 mlrd so‘mni tashkil etdi. Valuta savdo maydonchasi orqali sotilgan tovarlarning qiymati 2,2 mln AQSh dollarini tashkil etdi. Eksportning tarkibida pirolizli gazolin ulushi 53 foiz, paxta tolasining ulushi 31 foiz, polimer mahsulotlari 13 foiz va boshqa mahsulotlar ulushi 3 foizni egalladi.
Ko‘rgazma-yarmarka savdolarning haftalik hajmi ikki marotabadan ko‘pga oshgan bo‘lib 53,5 mlrd so‘mni tashkil qildi, kichik biznes sub'yektlari tomonidan amalga oshirilgan xaridlar esa 20,1 mlrd so‘mni yoki tuzilgan bitimlarning 37,5 foizni tashkil etdi.
Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 972 ta avtomobil raqamlari sotildi. Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi qariyb 4,5 mlrd so‘mni tashkil qildi. Savdolar natijasida bitimlarning 19,4 foizi birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 48,1 foizi ikkinchi va 32,4 foizi uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishli.
Mavzuga oid
18:43 / 16.08.2024
Toshkentda AQSh elchixonasi eski xizmat avtomobillari auksioni qoldirildi
11:29 / 14.08.2024
Toshkentda 230 ta qoidabuzarlik qilgan ayol haydovchining Lacetti’si xatlanib, auksionda sotib yuborildi
13:25 / 21.05.2024
2024 yilda 6 ming gektar yer maydoni auksionga chiqariladi
13:00 / 27.03.2024