Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadbirkorlik faoliyati uchun yer ajratib berish evaziga 16 500 dollar talab qilgan shaxs ushlandi
Andijonda tadbirkorlik faoliyati uchun yer ajratib berish evaziga 16 500 AQSh dollari talab qilgan firibgar ushlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinov ma'lum qildi.
Qayd etilishicha, mahkama huzuridagi Departamentning Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda fuqaro M.A. fuqaro N.S.ga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali tuman hududidan mebel ishlab chiqarish va issiqxona qurish uchun 2 ga. yer ajratib berishga ko‘maklashish evaziga 16 500 AQSh dollari talab qilib, shundan, 6 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan M.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
10:44 / 07.07.2026
Buvi va nabiraning fojiali o‘limi: Andijondagi YTH qasddan odam o‘ldirish deya malakalanishi kerak
10:20 / 03.07.2026
Andijonda davlat zaxirasidagi yerni 160 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi
10:00 / 01.07.2026
Andijonda do‘ppisi ichiga 35 ming dollar yashirgan yo‘lovchi ushlandi
16:27 / 26.06.2026