Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Taqdimot – do‘stligimizning boshlanishi bo‘lsin - «Ko‘ngil ko‘zi» loyihasidan navbatdagi tashabbus

Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
«Ko‘ngil ko‘zi» loyihasi doirasida O‘tkir Hoshimovning «Muhabbat» asari, fizika, kimyo, algebra tahlili va asoslari darsliklari Brayl yozuvida chop etildi.
«Ko‘ngil ko‘zi» - ko‘zi ojiz bolalar uchun yangicha imkoniyatlar taqdim etayotgan, ularning kitobxonlikka qiziqishi va kelajakka intilishi uchun motivatsiya berayotgan loyiha.
Bugun, 27 noyabr kuni ushbu loyiha doirasida ixtisoslashtirilgan ko‘zi ojizlar maktablari uchun Brayl yozuvida chop etilgan fizika, kimyo, algebra va tahlil asoslari darsliklari, shuningdek, O‘tkir Hoshimovning «Muhabbat» asarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Unda Axborot va ommaviy kommuniatsiyalar agentligi xodimlari, 77-sonli ixtisoslashtirilgan ko‘zi ojizlar maktab-internati o‘qituvchilari va o‘quvchilari, jurnalistlar ishtirok etdi.
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Komil Allamjonovning qayd etishicha, ixtisoslashtirilgan ko‘zi ojizlar maktablarida Brayl yozuvidagi darsliklarga talab katta bo‘lib, ayni paytda bu muammoni bartaraf etish uchun agentlik qoshida maxsus nashriyot faoliyat yuritmoqda.
Shuningdek, taqdimotda agentlik direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva ham so‘zga chiqib, taqdimotga alohida tayyorgarlik ko‘rilgani va do‘stona muhitda o‘tishiga alohida e'tibor qaratilganini aytib o‘tdi.
«O‘ylaymanki, bu taqdimot do‘stligimizning boshlanishi bo‘ladi. Bundan keyin «Ko‘ngil ko‘zi» loyihasi doirasida yangi-yangi sovg‘alar bilan tez-tez sizni xursand qilishga harakat qilamiz», deya ta'kidladi Saida Mirziyoyeva o‘z nutqida.

Ko‘tarinki kayfiyat va muloqot tarzida o‘tgan taqdimotda 77-sonli ixtisoslashtirilgan ko‘zi ojizlar maktab-internati o‘quvchilari Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbarlariga o‘z savollari bilan murojaat qilishdi.
Jumladan, agentlik direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva «Hayotdagi eng asosiy maqsadlaringiz nima?», «Qaysi badiiy asarlarni yaxshi ko‘rasiz?», «Musiqa asboblarini chalish qo‘lingizdan keladimi?» kabi bolalar tomonidan berilgan turli savollarga javob berdi, ularga kitob tanlash, maqsad qo‘yish borasida tavsiyalar berdi.
Shuningdek, bolalar bergan takliflar va murojaatlar tegishli tashkilotlarga yo‘naltirilishi va yechim yo‘llari topilishiga agentlik rahbariyati tomonidan va'da berildi.




Masalan, ko‘zi ojiz bolalar uchun barcha umumta'lim fanlaridan olimpiadalar yo‘qligi, Brayl yozuvida chop etilgan chet tilidagi badiiy kitoblar va o‘quv darsliklari kamligi borasida berilgan murojaatlarga alohida e'tibor qaratildi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Nemislarning deyarli yarmi hukumat faoliyatidan norozi
Jahon | 08:22
-
Egasiz ko‘chmas mol-mulkni davlat mulkiga o‘tkazish tartibi tasdiqlanadi
Ko‘chmas mulk | 07:55
-
Germaniya IIV Rossiya fuqarolariga gumvizalar berish to‘xtatilganini tasdiqladi
Jahon | 07:53
-
Budjet tashkilotlari pulidan qurilish loyihalarini amalga oshirish tizimi o‘zgaradi
O‘zbekiston | 07:40
Mavzuga oid

16:12 / 24.07.2025
“Siz xalqimiz uchun yashayapsiz” - Saida Mirziyoyeva Shavkat Mirziyoyevni tavallud kuni bilan tabrikladi

11:40 / 16.07.2025
Axborot sohasida nazorat va monitoring sobiq AOKAdan O‘zkomnazoratga o‘tdi

16:00 / 14.07.2025
AOKA tugatildi, o‘rniga Milliy kontent ishlab chiqaruvchi markaz tashkil etilmoqda

20:03 / 07.07.2025