UzAuto Motors: avtomobil yetkazib berish navbatini yaqinlashtirishda inson omili aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi
UzAuto Motors kompaniyasi avtomobillar xaridida tamagirlikka yo‘l qo‘yilmasligi haqida ogohlantirdi.
«Hurmatli xaridorlar!
Agarda Sizda avtomobil xaridi jarayonida diler tomonidan avtomobilni shartnomada ko‘rsatilgan muddatidan ilgari yetkazib berish kabi vajlar bilan qo‘shimcha pul mablag‘larini talab qilish holatlari yuzaga kelsa UzAuto Motors kompaniyasining 78 141-77-77 ishonch telefonlariga murojaat qilishingizni so‘rab qolamiz.
Bugungi kunda kompaniya tomonidan joriy etilgan yangi tizimda avtomobil yetkazib berish navbatlarini yaqinlashtirishda inson omilining aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi va barcha avtomobillar faqatgina shartnomada ko‘rsatilgan muddatlarda xaridorlarga yetkazib beriladi.
Shu bilan birga, kompaniyaning rasmiy dilerlarida hozirgi kunda faqatgina Tracker avtomobilining istalgan rang va pozitsiyasi hamda Malibu 1.5 Turbo'ning qora rangdagi modelini navbatsiz xarid qilish imkoni mavjudligini ham ma'lum qilamiz.
Eslatib o‘tamiz, kompaniya avtomobillar savdosida shaffoflikni ta'minlash maqsadida «Uzavtosavdo» mobil ilovasini ishga tushirgan. Mazkur ilova orqali xaridorga navbat raqami va dilerdagi avtomobillar soni haqida ma'lumotlar beriladi. Agar unga zarur bo‘lgan avtomashina dilerda yo‘q bo‘lsa, buyurtma to‘g‘ridan-to‘g‘ri avtomobil zavodiga yuboriladi. «Uzavtosavdo» ilovasi xaridorga barcha jarayonlarni boshidanoq nazorat qilish, o‘z navbati va avtomobilni olish sanasini bilib borish imkonini yaratmoqda.
Ogoh bo‘ling!», deyiladi kompaniya matbuot xizmati xabarida.
Mavzuga oid
12:05 / 22.07.2020
«Yurish» navbati Kusherbayevda. Deputat va UzAuto Motors bahsi davom etadi
22:46 / 21.07.2020
«UzAuto Motors» tez yordam uchun sotib olinayotgan «Damas»lar masalasida Rasul Kusherbayevga javob qaytardi
16:58 / 20.07.2020
UzAuto Motors Service & Trade-In Center barcha xohlovchilar uchun minilgan avtomobillar bozorini ochadi
14:09 / 09.07.2020