Iroqda 6 qozog‘istonlik ayol 25 yilga ozodlikdan mahrum etildi
Qozog‘istonlik 6 nafar ayol Iroqda 25 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Ularning farzandlarini Qozog‘iston tashqi ishlar vazirligining gumanitar aksiyasi evaziga evakuatsiya qilishga muvaffaq bo‘lingan. Bu haqda Tengrinews.kz nashri xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, ayollar terrorchilik faoliyatiga aloqadorlik va terrorchilik guruhlari, jumladan IShIDga ko‘mak ko‘rsatishdagi ishtirok uchun jazolanganlar. Iroq sudi ayollarni umrbod qamoq jazosiga hukm qilgan, bu esa Iroq qonunlariga ko‘ra 25 yilni tashkil qiladi. “Hozirda ular 2 yildan beri qamoqda saqlanmoqdalar. Biz ularning tezroq qaytarilishi bo‘yicha muzokaralar olib bormoqdamiz. Ular jazoni o‘tab bo‘lgach, har qanday vaziyatda Qozog‘istonga qaytadilar. Ular turli viloyatlar - Uralsk, Turkiston, Olmaota, Qarag‘andadanlar”, deb ma'lum qilgan Qozog‘iston tashqi ishlar vazirligi vakili Stanislav Vasilenko.
Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Yerjan Ashikbayev Qozog‘iston va Iroq o‘rtasida mahkumlarni almashish bo‘yicha huquqiy baza yo‘qligini, shu sababli ayollarning qaytarilishi bo‘yicha ish alohida tartibda olib borilishini aytgan.
Ma'lum qilinishicha, 27 noyabrda Iroqdan Qozog‘istonga 14 bola qaytarilgan. Ular onalari bilan birga panjara ortida ushlab turilganlar.
Mavzuga oid
09:40 / 12.11.2024
«Forish» poligonida O‘zbekiston va Qozog‘iston harbiy mashg‘ulotlari boshlandi
20:54 / 11.11.2024
Qozog‘iston bahorda Markaziy Osiyo davlatlaridan 11 milliard kub metr suv oladi
20:06 / 11.11.2024
Qozog‘istonda yana 1 mlrd dollar noqonuniy aktivlar davlatga qaytarildi
17:25 / 11.11.2024