Superliga 25-tur ramziy jamoasidan kimlar o‘rin oldi?
27 noyabr, chorshanba kuni Superliga 25-tur uchrashuvlari o‘tkazildi. Tribuna.uz sayti shiddatli o‘yinlarga boy bo‘lgan uchrashuvlaridan so‘ng tur ramziy jamoasini tuzdi.
Darvozabon: Rahimjon Davronov (Buxoro)
Turning muhim bahslaridan biri Buxoroda o‘tkazildi. Ligada qolish uchun kurash olib borayotgan «Buxoro» jamoasi «Metallurg»ga qarshi saf tortdi. Bahs hujumkor ruhda o‘tgan bo‘lsa-da, faqatgina posbonlarning mahorati evaziga darvozalar daxlsizligi saqlanib qolindi. Bekobodliklar darvozaboni Aleksandr Lobanovni goldan omad va darvoza ustunlari saqlab qolgan bo‘lsa, «Buxoro» posboni Rahimjon Davronov ajoyib «seyv»lari evaziga jamoasini muqarrar gollardan saqlab qoldi. Bu esa uning tur ramziy jamoasiga kirishini ta'minladi.
Himoyachilar: Akmal Shorahmedov (OKMK), Ildar Mamatkazin (Andijon), G‘olib G‘aybullayev (Nasaf), Jasur Azimov (Dinamo)
Himoya qo‘rg‘onidan esa uch futbolchi o‘rin oldi. O‘ng qanotning hujumkor tajribali himoyachisi Akmal Shorahmedov OKMK – «Qizilqum» (4:1) o‘yinida golga hammuallif bo‘lish bilan birga o‘yin davomida o‘z qanotida faol to‘p surdi.
Markaziy himoyadan joy olgan «Andijon» himoyachisi Ildar Mamatkazin himoyachi bo‘lishiga qaramay, «Andijon» - «Qo‘qon-1912» (1:1) o‘yinida hujumlarga faol kirishdi va so‘nggi soniyalarda jamoasini o‘z goli bilan mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.
Jizzaxdagi «So‘g‘diyona» - «Nasaf» (1:1) o‘yinida qarshiliklar safida markaziy himoyachi G‘olib G‘aybullayev butun o‘yin davomida faol namoyish etib, jamoasining safardan durang bilan qaytishiga yordam berdi.
Chap qanot uchun tanlangan Jasur Azimov esa «Dinamo» - «Surxon» (2:1) o‘yinida qanot bo‘ylab faol hujumga o‘tib turdi, jamoasi sardori sifatida yetakchilik qobiliyatini namoyish eta oldi. «Dinamo»ning g‘alabali goliga assistentlik qildi.
Yarim himoyachilar: Nurillo To‘xtasinov (Bunyodkor), Ixtiyor Toshpo‘latov (Dinamo), Quvondiq Ro‘ziyev (Qo‘qon-1912), Sardor Mirzayev (Lokomotiv).
Turning markaziy o‘yini «Paxtakor» - «Bunyodkor» (2:3) uchrashuvida «Qaldirg‘ochlar» safidagi Nurillo To‘xtasinov 90 daqiqa o‘yinda faol bo‘ldi, jamoasining dastlabki goliga mualliflik qildi. O‘yin yakunigacha «temp»ni saqlab, jamoasini olg‘a boshlay oldi.
Superligada 12 o‘yindan buyon g‘alaba qozona olmayotgan «Dinamo»ning dastlabki golining hujumini o‘ng qanot hujumkor yarimhimoyachisi Ixtiyor Toshpo‘latov boshlab bergan bo‘lsa, ko‘p o‘tmay aynan uning o‘zi «Surxon» darvozasini ishg‘ol etib, samarqandliklarning g‘alaba goliga mualliflik qildi.
Andijonda o‘tgan «Vodiy derbisi»da qo‘qonliklar yetakchisi Quvondiq Ro‘ziyev bosh bilan kiritilgan ajoyib goli evaziga klubiga g‘alaba keltirishi mumkin edi. Biroq, o‘yin yakunidagi himoyadagi tartibsizlik klubga bir ochko keltirdi, xolos.
Namangandagi «Navbahor» - «Lokomotiv» (0:1) o‘yinida Sardor Mirzayev «Temiryo‘lchilar» safidagi eng faol futbolchilardan biri bo‘lib, mehmonlarga g‘alaba keltiruvchi gol muallifiga aylandi.
Hujumchilar: Zafar Polvonov (OKMK), Igor Sergeyev (Paxtakor)
Tur ramziy jamoasi hujum chizig‘ini Zafar Polvonov va Igor Sergeyevlar band etishdi. OKMK «Qizilqum»ni 4:1 hisobida mag‘lub etdi, gollardan uchtasi aynan Polvonovning nomiga yozildi. Zafar shu kuni navoiyliklar himoya chizig‘iga “kun bermadi” va gollari sonini 15taga yetkazdi.
«Paxtakor» - «Bunyodkor» (2:3) uchrashuvida dubl qayd etgan Igor Sergeyev to‘purarlar ro‘yxatida Zafar Polvonovdan o‘zib, 2-o‘ringa chiqib oldi. Uning gollari soni 18taga yetdi.
Bosh murabbiy: Vadim Abramov (Bunyodkor)
25-tur ramziy jamoasiga bosh murabbiy sifatida Vadim Abramov tanlandi. Aynan ushbu mutaxassis Superliga-2019 yilgi mavsumda «Paxtakor»ni mag‘lub eta olgan yagona murabbiy bo‘lib turibdi. Aynan ushbu faktorning o‘zi, Karlenovichni «tur murabbiyi» deya tanlanishiga yetarli, bizningcha.
Superliga 25-tur ramziy jamoasi: (4-4-2)
Darvozabon: Rahimjon Davronov (Buxoro)
Himoyachilar: Akmal Shorahmedov (OKMK) Ildar Mamatkazin (Andijon), G‘olib G‘aybullayev (Nasaf), Jasur Azimov (Dinamo)
Yarimhimoyachilar: Nurillo To‘xtasinov (Bunyodkor), Ixtiyor Toshpo‘latov (Dinamo), Quvondiq Ro‘ziyev (Qo‘qon-1912), Sardor Mirzayev (Lokomotiv).
Hujumchilar: Zafar Polvonov (AGMK), Igor Sergeyev (Paxtakor)
Tur murabbiyi: Vadim Abramov (Bunyodkor).
Mavzuga oid
04:28 / 11.03.2022
Draganning «Paxtakor»i yana g‘olib: «sherlar» Cheranga bog‘lanib qoldimi?
16:48 / 20.01.2021
Futboldagi o‘zbek ishi. Hakamlar kim bilan kelishishgan?
22:33 / 29.11.2020
Sergeyev – qahramon, Masharipov hamon jamoada. «Paxtakor»ning chempionlik o‘yinidan fotogalereya
21:17 / 20.11.2020