Yaqinda «Neftçi» futbolçisi «Turon»ga qarşi öyindan söng hakamni tepganida bir masala juda köp muhokamalarga sabab böldi: futbolçi futbol reglamentiga köra jazolanib, diskvalifikatsiya qilinişi kerakmi yoki bu harakati uçun jinoiy javobgarlikka tortilişi töğriroq böladimi?
Umuman, futbol maydonida bölib ötgan voqealar uçun qanday kodeks amal qiladi? Jahon tajribasida har ikki holat ham amalda kuzatilgani uçun holat biroz bahsli edi. Şunday bölsa-da, futbolçiga nisbatan jinoiy iş oçilgani, bir neça kunga qamalgani haqida ham yozildi. Qanday qaror töğri bölardi, töğrisi, aniq ayta olmayman, lekin... Yaxşiyam video bor ekan, hammasi oçiq böldi – jinoyatçi ham, jabrlanuvçi ham örtada.
Şaxsan menda köproq savol ÖFA tomonidan e'lon qilingan boşqa xabarlarda yuzaga kelmoqda. Taşkilot saytida FIFA va OFK hakami Şerzod Qosimov uç yil muddatga futboldan çetlatilgani xabar qilindi. Ş.Qosimovning bunga sabab bölgan ayblari sifatida «ÖFA intizom kodeksining 5.44-bandiga asosan bir qator futbol uçraşuvlarida uçraşuvga yoki uning natijasiga ta'sir ötkaziş maqsadida kelişuvlarda qatnaşgani» körsatilmoqda.
Bu sönggi paytlarda birinçi holat emas. Ötgan yilning noyabr oyida ham ÖFA uç nafar hakamni (FIFA hakami Jasur Muxtorov, ÖFA hakamlari Asker Najafaliyev va Temur Töxtasinov) futboldan çetlatib, 90, 70 va 10 million sömlik jarimalar qöllagan. Öşanda ham Muxtorov va Töxtasinov xuddi öşa band — «ÖFA intizom kodeksining 5.44-bandiga asosan bir qator futbol öyinlarida uçraşuvga yoki uning natijasiga ta'sir ötkaziş maqsadida kelişuvlarda qatnaşgani uçun» böyiça ayb qöyilgan.
Endi savollar tuğiladi: aslida hakamlarning qanday harakatlari faqat futbol reglamentiga asosan körib çiqilişi kerak?
Hakam maydonda öz layoqatsizligini körsatişi va bir qator vaziyatlarda qöpol xatolarga yöl qöyişi mumkin. Bu odatda insoniy omil deb qaralsa-da, aynan layoqatsizlik nuqtayi nazaridan hakam öyinlarni boşqarişdan çetlatilişi mumkin. Bu tuşunarli.
Yoki hakam ma'lum öyinni boşqarişda noxolislikka yöl qöyadi. Bu u yoki bu klubga muxlisligi, yon bosişi yoki qaysidir jamoa yoki uning murabbiyga ğarazi yuzasidan ataylab notöğri qarorlar çiqariş orqali öyin natijasiga ta'sir körsatadi. Bu ham qaysidir ma'noda hakamning layoqatsizligini bildiradi va uşbu vazifadan bir muddat yoki butunlay çetlatilişi mumkin.
Bu ehtimollarni çetga suramiz – 5.44-bandda aytilganidek, «bir qator futbol öyinlarida uçraşuvga yoki uning natijasiga ta'sir ötkaziş maqsadida

















