O‘zbekiston | 22:10 / 29.11.2019
8631
1 daqiqa o‘qiladi

2020 yildan umumta'lim maktablari ish haqi xarajatlari respublika budjetidan moliyalashtiriladi 

2020 yildan umumta'lim maktablari va maktabgacha ta'lim muassasalarining ish haqi xarajatlari respublika budjetidan moliyalashtiriladi. Bu haqda Moliya vaziri o‘rinbosari Ahadbek Haydarov  ma'lum qildi. 

«Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad – ish haqi xarajatlarini o‘z vaqtida moliyalashtirish. Joriy yilda ayrim viloyatlarimiz juda qiynalib qoldi. Chunki soliq oylik ish haqini 20-sanagacha yopishimiz kerak, ko‘p soliqlar oy oxirida tushadi. Shuning uchun hamma viloyatlarda bir xil sharoitni yaratish maqsadida shu taklif kiritilyapti», - deya Moliya vaziri o‘rinbosarining so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid