Jahon | 20:20 / 29.11.2019
19326
2 daqiqa o‘qiladi

Nyu-Yorkda Darig‘a Nazarboyevaga tegishli ekani aytilayotgan qimmatbaho avtomobillar sotuvga qo‘yilishi kutilmoqda 

Qozog‘istonning kz.media agentligi o‘z manbalariga tayanib Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev oilasi o‘zining qimmatbaho avtomobillaridan bir qismini sotmoqchiligini ma'lum qildi. Ta'kidlanishicha, mashinalar Nyu-Yorkdagi auksionda sotuvga qo‘yiladi. 

Bu haqda auksion brokerlariga iqtibos keltirgan holda LasVegasHerald resursi xabar bergan. Ma'lum qilinishicha, gap Nursulton Nazarboyevning katta qizi va Qozog‘iston parlamenti senati spikeri Darig‘a Nazarboyevaga tegishli avtomobillar haqida bormoqda. 

Mashinalarning sotilishi haqidagi ma'lumot Guernsey’s auksion uyi saytida paydo bo‘lgan, biroq keyinroq o‘chirib tashlangan. Sotuvga qo‘yilmoqchi bo‘lgan avtomobillar orasida Ferrari F40,  Ferrari Testarossa, Bugatti Veyron, Lamborjini Miura, Lamborghini Murcielago, Lamborjini Urus, Koenigsegg Agera S, Pagani Zonda va Alfa Romeo 8S kabi mashinalar keltirilgan.

Hammasi bo‘lib boshlang‘ich narxi 13 mln dollarga baholangan 9 ta avtomobil sotuvga qo‘yilishi rejalashtirilgan.    

Resurs insayderlari ma'lumotlariga ko‘ra, auksion dastlab dekabr oxiriga belgilangan, biroq keyinroq uni 2020 yilning 1-choragi oxiriga ko‘chirishga qaror qilingan. 

Mavzuga oid