Milliy statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, hozirda mamlakatda jismoniy şaxslarga tegişli 4 million 903,1 mingta avtotransport vositasi röyxatga olingan.

Avtotransport vositalarining asosiy qismini yengil avtomobillar taşkil etadi. Ularning soni 4 million 552,3 ming donani taşkil qilib, umumiy avtoparkning 92,8 foiziga teng bölgan.

Şuningdek, aholi tasarrufida 330,3 mingta yuk avtomobili, 7,5 mingta mikroavtobus, 7,2 mingta maxsus transport vositasi va 5,8 mingta avtobus mavjud.

Statistika ma’lumotlariga köra, 2025 yilning mos davriga nisbatan aholiga tegişli avtotransport vositalari soni 344,6 mingtaga oşgan. Bu esa mamlakatda avtomobillarga bölgan talab yuqoriligiça qolayotganini körsatadi.

Mutaxassislar fikriça, avtotransport vositalari sonining ösişi aholi mobilligi oşişi bilan birga şaharlarda transport oqimini tartibga soliş va yöl infratuzilmasini rivojlantirişga bölgan ehtiyojni ham kuçaytirmoqda.