Jahon | 20:40 / 29.11.2019
18489
2 daqiqa o‘qiladi

Sayyoramizda 100 metrlik sunami qayd etilgani ma'lum qilindi 

Londonning Brunel universiteti va Tokio universiteti olimlari 2018 yilda balandligi 100 metr keladigan sunami yuz berganini qayd qilishdi. Bu haqda Phys.org nashrida ma'lum qilindi. 

Mutaxassislar tomonidan dengiz sathi haqida to‘lqin datchiklari yordamida to‘plangan ma'lumotlar 100 metrlik to‘lqin shakllanganini ko‘rsatgan. Tsunami Indoneziyadagi Anak-Krakatau vulqoni otilishi oqibatida yuzaga kelgan.

Anak-Krakatau yaqinidagi 5 ta nuqtadan olingan ma'lumotlarga asoslangan kompyuter modeliga ko‘ra, vulqon 2018 yilda 100 metrlik sunamini hosil qilgan.

Tsunami vulqondan bir necha kilometr uzoqlikda joylashgan eng yaqin kimsasiz orolga yetib borganda, uning balandligi 80 metrgacha pasaygan. Olimlar to‘lqin balandligining bunday kamayishini Yerning gravitatsion ta'siri va dengiz tubiga ishqalanish bilan tushuntirishdi.  

Mutaxassislarning ta'kidlashicha, agar to‘lqin boshqa tomonga ketganda, halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin edi. 2018 yilda 3-15 metrlik sunami Sumatra orolida 400 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan. 1883 yilda esa Krakatau vulqonining otilishi oqibatida hosil bo‘lgan 46 metrlik sunami 36 ming kishining umriga zomin bo‘lgan.

Mavzuga oid