18 sentabr, payşanba kuni keçqurun Kamçatka qirğoqlarida yana bir kuçli zilzila yuz berdi. Uning markazi Petropavlovsk-Kamçatskiydan taxminan 100 kilometr şarqda, taxminan 10 kilometr çuqurlikda joylaşgan, deb xabar bermoqda Reuters. AQŞ Geologiya xizmati ma’lumotlariga köra, zilzila magnitudasi 7,8 ni taşkil qilgan. Dastlabki kuçli silkinişdan keyin 5,8 ballgaça bölgan bir qator zilzilalar kuzatildi.
Rossiya Fanlar akademiyasi (RAN) Geofizika xizmati zilzila kuçini 7,4 ballga baholagan. Keyinçalik mintaqa gubernatori Vladimir Solodov, qayta körib çiqilgan ma’lumotlarga köra, u 7,2 ekanligini aytdi.
Yangi zilzila mintaqada sunami haqida bir qator ogohlantirişlarga sabab böldi, biroq tölqinlar qirğoqqa yetib kelganiga qaramay, heç qanday vayronagarçiliklar qayd etilmadi, deb xabar bermoqda Reuters. Keyinçalik sunami xavfi bekor qilindi. Rasmiylar xabar e’lon qilingan paytda qurbonlar va vayronalar haqida ma’lumot bermagan.











