Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chegara bilmas hamkorlik: UzAuto Motors mahalliy bozorda va chet elda diler bo‘lishga taklif etadi!
«O‘zavtosanoat» AJ O‘zbekiston hududida UzAuto Motors avtomobillarini sotish sohasida sheriklarni o‘zaro manfaatli hamkorlikka chorlaydi. Bu yo‘nalishdagi hamkorlik Chevrolet avtomobillarini sotish va ularga servis xizmatini ko‘rsatish borasida UzAuto Motors dilerlik tarmog‘iga kirish imkonini beradi.
Ichki bozorda sotuvlardan tashqari, dilerlarga eksport bozorlarida ham «RAVON» avtomobillarini sotish bo‘yicha o‘z dilerlik tarmog‘ini rivojlantirish imkoniyati taqdim etiladi.
«O‘zavtosanoat» AJ tomonidan eksport bo‘yicha sheriklarga sotuvlarni rivojlantirish, mahsulot logistikasi va uni UzAuto Motors avtomobillari eksporti amalga oshirilgan mamlakat hududida saqlashda ko‘mak beriladi. Bugungi kunda kompaniya Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Belorus va Ukrainaga yengil avtomobillarni eksport qiladi.
Siz dunyoning istalgan mamlakatida dilerlik tarmog‘ini tashkil etishingiz mumkin!
Eksport bozorlarida dilerlik markazlarini tashkil qilarkansiz, siz umumiy muvaffaqiyatimizga salmoqli hissa qo‘shasiz va bu orqali o‘z g‘oyalaringizni ro‘yobga chiqarib, iste'molchiga yuqori sifatli zamonaviy mahsulot taklif etgan bo‘lasiz.
Quyidagi kontaktlar orqali «O‘zavtosanoat» AJ mutaxassislari bilan hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilish mumkin:
+998-78-140-7650 3 (2259#)
+998-93-410-0006
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
19:35 / 17.06.2025
UzAuto Motors’ning O‘zbekiston bozoridagi ulushi qisqardi
15:39 / 12.06.2025
Yanosh Kovach UzAuto Motors bosh direktori etib tayinlandi
16:42 / 29.05.2025
UzAuto Motors Malibu sotuvini ochganidan bir soat o‘tmay shartnomalar tugab qoldi
16:09 / 15.05.2025