Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada 1,1 million donadan ortiq pirotexnika vositalarini yashirincha olib kirishga bo‘lgan urinish fosh etildi
Kuni kecha Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati vakillari bilan hamkorlikda pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbir o‘tkazishdi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Tezkor tadbir davomida fuqaro A.T boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtomashina Marg‘ilon shahri hududida to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida avtomashina yukxonasi va salonida umumiy qiymati 55,8 million so‘mlik 558 000 dona pirotexnika vositalari borligi aniqlandi.
Hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Farg‘ona tumanida yashovchi fuqaro N.Sh.ning xonadoni belgilangan tartibda xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.

Tekshiruv jarayonida ushbu xonadonda noqonuniy tarzda umumiy qiymati 69,6 million so‘mlik 571 254 dona pirotexnika vositalari saqlanayotgani aniqlandi.
O‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida 1 129 254 dona pirotexnika vositalarini respublikamiz hududiga yashirincha olib kirishga bo‘lgan urinishning oldi olindi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
21:34 / 13.06.2026
Andijonda oltinlarni turli nayranglar orqali olib kirishga uringan shaxslar to‘xtatib qolindi
09:50 / 12.06.2026
Ichki kiyimga yashirilgan giyohvandlik moddasi saqlovchi kapsulalar aniqlandi
21:11 / 30.05.2026
Farg‘onada 1 mlrd 247 mln so‘mlik dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
08:34 / 22.05.2026