Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzaxda suv toshqini bartaraf etildi
Foto: FVV matbuot xizmati
Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining navbatchilik qismiga Sh.Rashidov tumani Qatortol MFY aholisi tomonidan, ushbu mahalla hududida oqib o‘tuvchi ariqning suv miqdori ko‘paygani va ko‘prikka turli chiqindilar yig‘ilish oqibatida aholi xonadonlariga suv toshib jiddiy ziyon yetkazayotganligi to‘g‘risida murojaat kelib tushgan.
FVV xabariga ko‘ra, ushbu holat yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruv otryadi, tuman hokimligi mutasaddilari, Obodonlashtirish boshqarmasi, Toza hudud DUK, Mahalla, Irrigatsiya tizimi xodimlaridan iborat ishchi guruh voqea joyiga yetib borib, maxsus texnikalar yordamida ko‘prikning suv o‘tkazish jihati qayta tiklangan.

Shuningdek, mazkur hududdagi Ulug‘bek va Navoiy ko‘chalaridagi ayrim aholi xonadonlarining tomorqalariga kirgan toshqin qutqaruv otryadi qutqaruvchilari tomonidan motopompa yordamida chiqarib tashlandi.
Qayd etilishicha, qutqaruvchilarning amalga oshirgan tezkor choralari natijasida mahalla aholisi va ularning mulkiga ziyon yetishi xavfi o‘z vaqtida bartaraf etildi.
Mavzuga oid
10:15 / 13.01.2026
Jizzaxda maktabdan qaytayotgan o‘quvchi piyodalar yo‘lagida mashina urib ketishi oqibatida halok bo‘ldi
14:57 / 07.01.2026
“Yovvoyi to‘ng‘iz deb o‘ylabman” – Jizzaxda ovchi o‘z sherigini otib qo‘ydi
10:54 / 18.12.2025
Jizzaxda ikkita yuk mashinasi to‘qnashuvida bir kishi halok bo‘ldi
13:55 / 11.12.2025