Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Ispaniya yetakchi kompaniyalari ishtirokida biznes-forum o‘tkaziladi
2019 yilning 3 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Ispaniya Qirolligining favqulodda va muxtor elchisi (qarorgohi Moskva shahrida) etib tayinlangan Fernando Valderrama Parexani qabul qildi.
TIV xabariga ko‘ra, ishonch yorliqlarini qabul qilar ekan, vazir elchini lavozimiga tayinlangani bilan tabrikladi va ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlashda unga muvaffaqiyatlar tiladi.
Uchrashuvda siyosiy, parlamentlararo, iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda O‘zbekiston-Ispaniya muloqotini yanada rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Turli darajalarda bo‘lajak ikki tomonlama tadbirlarning amaliy jihatlari, jumladan Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning birinchi yig‘ilishi hamda O‘zbekiston va Ispaniya yetakchi kompaniyalari ishtirokida biznes forumi o‘tkazish muhokama qilindi.
Ispaniya ulkan tajribaga ega turizm sohasida hamkorlikni kengaytirishga alohida urg‘u berildi. Qayd etilganidek, Ispaniya fuqarolariga vizasiz tartib joriy qilingani mazkur mamlakatdan O‘zbekistonga keladigan sayyohlar oqimiga yangi turtki berdi. Joriy yilning 10 oyida ularning soni 2018 yilga nisbatan 1,5 barobar o‘sdi.
2019 yilda Samarqand davlat xorijiy tillar universiteti va O‘zbekiston Jahon tillari universiteti qoshida «Kastilya-La-Mancha» universiteti bilan hamkorlikda ikkita ispan tili va madaniyati markazi ochildi hamda mamlakatlarimizning oliy ta'lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikning yangi istiqbolli yo‘nalishlari ustida ishlash to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
Muzokaralar doirasida o‘zaro manfaat kasb etadigan boshqa masalalar ham muhokama qilindi, deyiladi TIV ma'lumotida.
Mavzuga oid
15:15 / 16.06.2026
Afrikacha master-klass: Kabo-Verdedan nimalarni o‘rganish kerak?
09:01 / 25.05.2026
Ispaniyada uy-joy inqirozi: ijarachilar ko‘chalarga chiqdi
00:04 / 20.05.2026
Ispaniyada Mango do‘konlari asoschisining o‘g‘li otasini o‘ldirishda gumon qilinib ushlandi
08:04 / 13.05.2026