Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Soliq to‘lovchilarni insoflilik mezonlari asosida segmentlash tizimi joriy etiladi
Davlat soliq xizmati organlarida soliq xavfini baholash va soliq to‘lovchilarni insoflilik mezonlari asosida segmentlash tizimini joriy qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihasi e'lon qilindi.
Muhokama uchun joylashtirilgan hujjatga ko‘ra, quyidagilar soliq xavfini boshqarishning asosiy vazifalari hisoblanadi:
insofli soliq to‘lovchilarni qo‘llab quvvatlash va ularning faoliyatiga asossiz aralashishni cheklash;
tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatini tekshirish tashabbusi bilan chiqish tegishli tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan soliq sohasida qonunbuzarlik sodir etish xavfi darajasidan kelib chiqib, tekshiruvni tashabbus qilishni nazarda tutuvchi “soliq xavfini tahlil qilish” tizimi natijalari asosida amalga oshirish;
soliq organlarining mavjud kadrlar resurslaridan kelib chiqib soliq nazoratini soliq xavfi yuqori bo‘lgan soliq to‘lovchilar va iqtisodiy faoliyat sohalariga qaratish;
soliq xavfini baholashning zamonaviy usullarini joriy qilish va iqtisodiy faoliyat sohasida xufiyona aylanma hamda nazorat qilinmaydigan daromadlar ko‘lamini qisqartirish;
soliqqa oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning oldini olish.
Soliq xavfini boshqarish tizimining asosiy elementlari:
tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan taqdim etilgan hisobotlar;
davlat organlari, tashkilot va muassasalar tomonidan taqdim etiladigan tadbirkorlik sub'yektlari to‘g‘risidagi ma'lumotlar;
soliq xavfi mezonlari;
soliq xavfi segmentlari.
Soliq xavfini boshqarish, uning qo‘llanilish strategiyasi va taktikasi, ma'lumot yig‘ish va uni qayta ishlash, xavfni tahlil qilish va baholash, xavfni boshqarishga doir chora-tadbirlar ishlab chiqish va ijrosini ta'minlash O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
Soliq xavfini tahlil qilish va baholash Davlat soliq qo‘mitasining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va tahlilning avtomatlashtirilgan tizimi orqali yuritiladi.
Avtomatlashtirilgan dastur yordamida oldindan ishlab chiqilgan algoritmlar orqali quyidagi manbalardan olingan ma'lumotlardan foydalanib, tadbirkorlik sub'yektlarining moliyaviy – xo‘jalik faoliyati tahlil qilinadi:
soliq to‘lovchilarning davlat soliq xizmati organlariga taqdim etgan soliq va moliyaviy hisobotlari va boshqa ma'lumotlar;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 30 oktyabrdagi PQ-1843-son qaroriga asosan davlat soliq xizmati idoralariga soliq to‘lovchilarning majburiyatlari paydo bo‘lishi (tugatilishi) to‘g‘risida ma'lumot taqdim etadigan idora va tashkilotlarning ma'lumotlari;
veb sahifalaridan, ijtimoiy tarmoqlar va qonunchilikda ta'qiqlanmagan boshqa manbalardan olingan ma'lumotlar;
o‘tkazilgan soliq nazorati natijalari;
sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning soliq huquqbuzarliklari bo‘yicha kiritgan tahliliy ma'lumotlari (xususiy ajrim va taqdimnomalar);
jismoniy va yuridik shaxslarning sodir etilgan soliq huquqbuzarliklari to‘g‘risidagi murojaatlari.
Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan hamda “Xizmat doirasida foydalaniladigan” soliq xavfi mezonlariga hamda soliq to‘lovchilarning tegishli bo‘lgan segmenti (kichik, o‘rta va yirik soliq to‘lovchilar) asosida soliq xavfi darajasi ballik tizimda baholanadi.
Dasturiy mahsulot orqali aniqlangan soliq xavflari ballik tizim orqali baholash natijasida tadbirkorlik sub'yekti tomonidan jami to‘plangan ball soliq xavfi darajasi bo‘yicha quyidagi uchta segmentga ajratiladi:
a) soliq xavfi yuqori bo‘lgan tadbirkorlik sub'yektlari (qizil yo‘lak);
b) soliq xavfi o‘rtacha bo‘lgan tadbirkorlik sub'yektlari (sariq yo‘lak);
v) soliq xavfi past bo‘lgan tadbirkorlik sub'yektlari (yashil yo‘lak).
Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq xavfi yuqori va o‘rtacha bo‘lgan tadbirkorlik sub'yektlari ro‘yxati dasturiy mahsulotdan shakllantiriladi.
Dasturiy mahsulotdan shakllantirilgan ro‘yxat tadbirkorlik sub'yektlarining shaxsiy kabineti orqali davlat soliq xizmati organi tomonidan soliq xavfi yuqoriligi yoki o‘rtachaligi to‘g‘risida tadbirkorlik sub'yekti xabardor qilinadi hamda O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida belgilangan tartibda soliq nazoratiga nomzod etib belgilanadi.
Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq xavfi past bo‘lgan tadbirkorlik sub'yektlariga soddalashtirilgan “yashil yo‘lak” tartibida xizmat ko‘rsatiladi va soliq tekshiruvlari tayinlanmaydi.
Mavzuga oid
18:58 / 06.05.2026
Fuqarolarni yashash va turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi belgilandi
09:54 / 14.04.2026
Yakka uy-joy va kichik binolar qurilishida xususiy nazorat joriy etiladi
18:34 / 09.04.2026
Soliq nazorati tadbiri videotasvirga olinadi
11:17 / 06.04.2026