Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyadagi Olimpiya obektida kuchli radiatsiya o‘choqlari aniqlandi
Yaponiyaning Fukusima prefekturasidagi sport majmuasida kuchli radiatsiya o‘choqlari aniqlandi. Bu yerdan 2020 yilgi Tokio Olimpiadasi mash'alasi estafetasi boshlanishi kerak. Bu haqda «Grinpis» nohukumat tashkilotiga iqtibos keltirgan holda ma'lum qilindi.

«Grinpis» ma'lumotlariga ko‘ra, Fukusimadagi J-Village stadioni atrofidagi yer sirtida radiatsiya darajasi soatiga 71 mikrozivertga yetgan, bu esa 2011 yilda “Fukusima-1” atom elektr stansiyasida yuz bergan avariyagacha bo‘lgan darajadan 1775 marta yuqoriroqdir. O‘shanda radiatsiya darajasi soatiga 0,04 mikrozivert bo‘lgan.
Ta'kidlanishicha, «Grinpis» 18 noyabrda Yaponiya atrof-muhit vaziri Sindziro Koidzumiga Olimpiya obektida odamlarni radiatsiyadan himoyalash uchun tezkor choralar ko‘rish talabi bilan maktub yo‘llangan. Maktub nusxalari shuningdek Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi va Yaponiya Milliy Olimpiya qo‘mitasiga hamda Fukusima gubernatoriga yo‘llangan.

«Grinpis» mutaxassislari sport majmuasi atrofidagi radiatsiyani yangitdan o‘lchab, hukumat tomonidan ko‘rilgan choralar qanchalik samarali bo‘lganini bilishmoqchi.
Mavzuga oid
20:40 / 27.06.2026
Yaponiyada noqonuniy yashab kelgan O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi
16:44 / 22.06.2026
Yaponiya viza narxini besh barobarga oshiradi
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026