Parlament quyi palatasida bir qator qonun loyihalari birinçi, ikkinçi va uçinçi öqişga tayyorlanmoqda. Xususan, yangi tahrirdagi Soliq kodeksi loyihasi deputatlar, parlament quyi palatasidagi Davlat budjeti boşqarmasi xodimlari, tadbirkorlik sub'yektlari hamda soliq va moliya sohasi mutaxassislari tomonidan takomiliga yetkazilmoqda.
Parlament saytida xabar berilişiça, loyihada asosiy özgarişlardan biri soliq summalarini öz vaqtida qaytarilmaganligi yoki soliq summalari sözsiz tartibda asossiz undirilganligi bilan boğliq. Ortiqça tölangan soliq summalarini öz vaqtida qaytarilmagani yoki soliq summalari sözsiz tartibda asossiz undirilgani uçun Markaziy bankning qayta moliyalaştiriş stavkasi miqdorida budjetdan soliq tölovçilarga foiz tölaş yöli bilan soliq organlarining javobgarligini kuçaytiriş közda tutilmoqda.
Qöşilgan qiymat soliğini qaytarib beriş tizimi tubdan özgartirilmoqda. Batafsil kameral tekşiruv ötkazilganidan keyin QQS böyiça “manfiy” qoldiq summasini qaytariş huquqi taqdim etiladi. Eng yirik soliq tölovçilar va bank kafolatini taqdim etgan şaxslar uçun uni soddalaştirilgan tartibda qaytariş huquqi beriladi. Ayni paytda faqat eksportyorlarga qaytarilib kelinayotgan edi.
Bundan taşqari, asosiy vositalar obektlari, şu jumladan, köçmas mulk obektlari xarid qilinganda (barpo etilganda) QQS bir yöla hisobga olinişini nazarda tutuvçi tartib joriy etiladi.
Hozirda hisobga oliş teng uluşlarda ketma-ket keluvçi 12 oy davomida, köçmas mulk obektlari böyiça esa 36 oy davomida amalga oşiriladi.
Mazkur tartib joriy etilsa, korxonalarga davlat budjetidan mablağlar qaytarib beriladi va bu xöjalik sub'yektlarining moliyaviy holatini yaxşilaşga olib keladi. Misol: Toşkent şahrida faoliyat yurituvçi quriliş korxonasi QQS böyiça qariyb 25 mlrd. sömga manfiy hisobot topşirgan bölsa-da, lekin uşbu korxonaga amaldagi Soliq kodeksida qaytarib beriş imkoniyati mavjud emas edi. Kiritilayotgan özgartiş bilan uşbu summani mazkur korxonaning tovar aylanmasini köpaytirişga yönaltiriş imkoniyati yaratiladi.












