Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i kamaytirildi
“Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun prezident tomonidan imzolandi.

Foto: Shutterstock
Qonun bilan foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maxsus renta solig‘i joriy etildi.
Qimmatbaho, rangli va radioaktiv metallarni, nodir elementlarni va nodir yer elementlarini qazib oluvchi va ularni texnogen mineral hosilalardan ajratib oluvchi, uglevodorod xomashyosini qazib oluvchi yuridik shaxslar foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maxsus renta solig‘ini to‘lovchilar hisoblanadi.
Mazkur soliq stavkasi soliq bazasiga nisbatan 25 foiz miqdorida belgilanadi. Soliq to‘lovchisi bo‘lgan chet el investorlari soliq hisobini AQSh dollarida yuritishi mumkin. Soliq imtiyozlarini hisobga olish axborot tizimlari orqali va maxsus identifikatsiya kodini bergan holda amalga oshiriladi.
Tamaki va alkogol mahsulotlariga nisbatan yangi soliq stavkalari belgilanadi.
Mobil aloqa xizmatlari va shakar uchun aksiz solig‘i o‘zgartirishsiz qoldirildi (15 va 20 foiz).
Soliq imtiyozlarida quyidagilar soliqqa tortilmasligi belgilandi:
soliq to‘lovchining professional va oliy ta’lim muassasalarida o‘qish uchun banklardan olingan ta’lim kreditlariga yo‘naltirilgan daromadlari, ish haqi;
talabalarga ijaraga berilgan uy-joylardan olingan daromad;
soliq to‘lovchining quyidagilarni to‘lash uchun yo‘naltiriladigan, BHMning 8 baravarigacha bo‘lgan ish haqi summalari va boshqa daromadlari: xalqaro tashkilotlarga a’zolik badallari; qayta tayyorlash va malaka oshirish uchun nodavlat ta’lim tashkilotlariga to‘lovlar.
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq 2 foizdan 1,5 foizga, qurilishi normativ muddatda tugallanmagan obektlarga nisbatan 4 foizdan 3 foizga kamaytirildi.
Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar mulkida bo‘lgan mol-mulk soliq solishdan ozod etiladi.
2021 yil 1 sentyabrdan 2021 yil 31 dekabrga qadar bo‘lgan davrda umumiy ovqatlanish korxonalari yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini va yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to‘lashdan ozod etiladi.
Respublika tumanlarida (bundan Toshkent shahri mustasno) faoliyatni amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun belgilangan ijtimoiy soliq stavkasi 2022 yil 1 yanvardan 2023 yil 1 yanvarga qadar BHMning 50 foizi miqdorida qo‘llaniladi.
Tavsiya etamiz
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
Jonni xatarga qo‘yib... “Oshqozon”siz ozish orzusi haqida
Jamiyat | 17:46 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
138 nafar Afg‘oniston fuqarosi bo‘lgan yana bir reys Germaniyaga yetib keldi
Jahon | 11:41
-
5,7 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan metall eritish sexi aniqlandi
Jamiyat | 11:18
-
Rossiyaning Kursk viloyati sobiq gubernatori Aleksey Smirnov qo‘lga olindi
Jahon | 10:53
-
Toshkentdagi jamoat joylarida kinologiya punktlari tashkil etiladi
O‘zbekiston | 10:33
Mavzuga oid

13:26 / 30.03.2024
Senatorlar turizmni rivojlantirishga va yangi ish o‘rinlarini yaratishga qaratilgan qonunni ma’qulladi

07:24 / 13.04.2022
Soliq kodeksiga foyda solig‘i bo‘yicha o‘zgartirishlar kiritiladi

13:26 / 27.01.2022
Soliq muammolari: Tadbirkorlarga ayrim yengilliklar e’lon qilindi

07:54 / 25.01.2022