Senat yalpi majlisida “Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qöşimça va özgartirişlar kiritiş töğrisida”gi qonun körib çiqildi.

Ma’lum qilinişiça, ayni vaqtda mamlakatda zargarlik tarmoğini sanoatning asosiy drayverlaridan biriga aylantiriş, zargarlik buyumlarini işlab çiqariş va ularning savdosi böyiça faoliyatni qöllab-quvvatlaş muhim sanaladi. Şu bois tadbirkorlik sub’yektlarining xomaşyoga bölgan ehtiyojlarini qanoatlantiriş maqsadida qonun bilan Soliq kodeksiga zargarlik buyumlarini işlab çiqariş uçun foydalaniladigan qimmatbaho toşlarni Özbekiston hududiga olib kiriş qöşilgan qiymat soliğidan ozod qilinişini nazarda tutuvçi qöşimça kiritilmoqda.

Qonun bilan Soliq kodeksini kasaba uyuşmalari tizimidagi bolalar soğlomlaştiriş oromgohlari negizida bolalarning dam oliş mavsumidan taşqari davrda taşkil etiladigan dam oliş uylarining va dam oliş zonalarining mazkur yönalişdagi xizmatlarni körsatişdan olgan foydasi foyda soliğidan ozod qilinişi töğrisidagi norma bilan töldiriş ham nazarda tutilmoqda.

Şuningdek, «Turizm töğrisida»gi qonunga kasaba uyuşmalari tizimidagi bolalar soğlomlaştiriş oromgohlari negizida bolalarning dam oliş mavsumidan taşqari davrda taşkil etiladigan dam oliş uylari va dam oliş zonalari majburiy sertifikatlaştirişdan ozod etilişini nazarda tutuvçi özgartiriş kiritilyapti.

Ta’kidlanişiça, mazkur qonun mahalliy zargarlik buyumlarini işlab çiqaruvçilarni xomaşyo resurslari bilan ta’minlaşga va ularning eksport salohiyatini oşirişga, şuningdek, turizmni rivojlantirişga va yangi iş örinlarini yaratişga xizmat qiladi.

Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.