Unga köra, maxsus iqtisodiy zonalar iştirokçilari foyda soliğidan ular tomonidan kiritilgan investitsiyalar hajmiga qarab: 

  • 3 million AQŞ dollaridan 5 million AQŞ dollarigaça miqdorda - 3 yil muddatga; 
  • 5 million AQŞ dollaridan 15 million AQŞ dollarigaça miqdorda - 5 yil muddatga; 
  • 15 million AQŞ dollari va undan yuqori miqdorda investitsiyalar kiritilganda - 10 yil muddatga ozod etiladi.

Ta’kidlanişiça, qonun loyihasini işlab çiqişga prezidentning "Maxsus iqtisodiy zonalar iştirokçilarini yanada qöllab-quvvatlaş çora-tadbirlari töğrisida"gi qaroridagi vazifalar va erkin iqtisodiy zonalarning 100 dan ortiq iştirokçilari murojaatlari asos bölgan.

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinçi öqişda qabul qilingani aytiladi.

Bundan oldin 1 maydan norezidentlarning Özbekistondagi daromadi böyiça soliq stavkasi 12 foiz miqdorida belgilanişi xabar qilingandi.