Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Elektron tijorat ishtirokchilariga foyda solig‘i va aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha imtiyoz beriladi
“Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi.
Qonun loyihasi qabul qilinishi natijasida elektron tijorat ishtirokchilariga, ularning milliy reyestriga kiritilgan yoki kiritilmaganligidan qat’i nazar, foyda solig‘i va aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha imtiyozlar beriladi.
Yangi barpo etilayotgan bog‘lar, tokzorlar va tutzorlar egallagan yerlarga yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha imtiyozli davr uch yildan besh yilga uzaytiriladi.
Bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun daromad solig‘i bo‘yicha belgilangan imtiyoz mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1,41 baravaridan 3 baravarigacha oshiriladi;
2022 yil 1 yanvardan 2031 yil 1 yanvarga qadar bo‘lgan davrda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanidagi mahalliy sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmatlar sohalaridagi tadbirkorlik sub’yektlariga soliq imtiyozlari beriladi.
Qonun loyihasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan hamda Adliya vazirligida huquqiy ekspertizadan o‘tkaziladi.
Loyihaning qabul qilinishi O‘zbekiston davlat budjetidan qo‘shimcha mablag‘lar ajratilishini talab etmasligi aytilgan.
Mavzuga oid
19:32 / 15.05.2026
“Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi
15:26 / 18.02.2026
Davlat bayrog‘ini namoyish etishda yagona talablar joriy etiladi
16:19 / 16.02.2026
Iste’molchilar shartnomalarida noqulay shartlar cheklanadi
12:27 / 16.02.2026