Ayrim turdagi davlat bojlarining 90 foizi vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armasiga tushayotgani ma'lum bo‘ldi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida yangi tahrirdagi “Davlat boji to‘g‘risida”gi qonun loyihasi qo‘mitalar, siyosiy partiyalar fraksiyalari, O‘zbekiston Ekologik harakati deputatlari guruhi hamda quyi palataning Davlat budjeti boshqarmasi xodimlari tomonidan atroflicha muhokama qilinib, yanada takomillashtirilmoqda.
Yaqinda parlament quyi palatasi majlisida deputatlar mazkur qonun loyihasini konseptual jihatdan birinchi o‘qishda ma'qullagan, barcha siyosiy partiyalarning fraksiyalari loyiha yuzasidan o‘z pozitsiyasini bildirgan edi. Mazkur majlisda deputatlar tomonidan ko‘plab savollar va aniq takliflar berilgan edi.
Shuningdek, deputatlar tomonidan qonun loyihasidagi mulkiy nizolarni hal qilishda jismoniy shaxslar va tadbirkorlik sub'yektlari sudga murojaat qilganda to‘lanishi lozim bo‘lgan davlat bojlari stavkalari bo‘yicha bahs-munozaralar jarayoni qizg‘in kechmoqda. Hozirgi kunda tadbirkorlik sub'yektlari uchun davlat boji stavkasi da'vo miqdorining 2 foizi bo‘lsa, jismoniy shaxslar uchun esa, 4 foizi miqdorida belgilangan.
Deputatlar tomonidan mazkur hujjatni qayta ko‘rib chiqish va uni birxillashtirish lozimligi bo‘yicha taklif kiritildi.
Bundan tashqari, deputatlar to‘langan davlat bojlarining taqsimlanish jarayonining tartib-taomillariga ham e'tibor qaratmoqdalar. Ayrim turdagi davlat bojlarining 90 foizi vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armasiga tushmoqda. Shu sababli, deputatlar tomonidan Moliya vazirligiga 2020 yilning 1 iyunigacha davlat bojlarini taqsimlanishi tartibini tanqidiy qayta o‘rganib chiqib, ularni maksimal darajada budjetga yo‘naltirilishini ta'minlash yuzasidan taklif berildi.
Mavzuga oid
18:23 / 26.08.2024
Qiynoq oqibatidagi o‘lim holatlari uchun javobgarlik kuchaytiriladi
09:40 / 17.08.2024
Sud hukmlarining dublikati va ko‘chirma nusxalari uchun boj to‘lanadi
07:30 / 26.07.2024
Tayyor zargarlik buyumlariga import bojxona boji kamaytiriladi
13:37 / 20.06.2024