12:34 / 06.12.2019
3
34636

Qo‘qonda valutafurush prokuratura xodimining ko‘ziga gaz sepib, tan jarohati yetkazdi

Foto: KUN.UZ

Farg‘ona viloyatida Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimiga qarshilik ko‘rsatildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinov ma'lumot berdi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentining Farg‘ona viloyati boshqarmasi tomonidan Qo‘qon shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro X.M. (1981 y.t.) qonunga xilof ravishda jami 4.200 AQSh dollarini 40,2 mln. so‘mga sotgan vaqtida ushlangan.

Tezkor tadbir davomida fuqaro X.M. departament xodimi M.A.ning ko‘z sohasiga gaz balloncha bilan gaz sepib, unga tan jarohati yetkazib, hodisa joyida yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan 2019 yil 5 dekabr kuni Qo‘qon shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 219-moddasi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top