Boş prokuratura, departamentning Şaxsiy xavfsizlik boşqarmasi hamda departamentning Qaşqadaryo viloyati boşqarmasi xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda firibgarlik holatiga çek qöyildi.
Ma’lum bölişiça, zaxiradagi kiçik serjant U.K. fuqaro A.O.ga özini Qaşqadaryo viloyati prokuraturasi xodimi sifatida taniştirgan. U fuqaroning ukasi L.O.ni Mudofaa vazirligining yuqori lavozimlarda işlovçi tanişlari orqali vazirlik tizimiga işga joylaştirib berişini aytgan.
Buning evaziga u 3 ming AQŞ dollari talab qilgan. Tezkor tadbir davomida kelişilgan mablağning 1 500 AQŞ dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Mazkur holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) hamda 28, 211-moddalari (pora berişga dalolat qiliş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.












